87
Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil
avtomobil, kichik yuk ko‘taradigan yuk
avtomobili, mikroavtobuslarda
ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya
sharoiti uchun shinalar yuk
avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda
ishlatiladi.
Shina profilining ko‘rinishi bo‘yicha (57-rasm)
ular oddiy profilli,
keng profilli, past profilli, o‘ta past profilli, arkasimon, pnevmo-
katoklarga bo‘linadi.
55-rasm. Shinaning qirqimi:
V-shinaning eni;
N-profilning
balandligi; D-shinaning tashqi
diametri; d-to‘g‘inining diametri.
56-rasm. Diognal va radial
shinalarning konstruksiyasi:
a) diagnal; b) radial.
Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V
ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi
torpid shaklidadir
va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi
shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga
o‘rnatiladi.
O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi.
Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va
shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi
radial (R) shinalar bilan bir xildir.
Radial (R) shinalarda(56b-rasm) kord iplari 2 radius bo‘ylab
joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N / V —0,7-
0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi.
Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko‘tara olish
qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga qarshiligining kamligi,
nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2
martagacha yuqoriligi bilan
ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga
88
elastikligining yuqoriligi, notekis yo‘ldan yurilganda
shovqin chiqarishi
kabi kamchiliklarga ega.
Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga
o‘xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi.
RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga
ko‘p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va
halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega.
Dostları ilə paylaş: