102
Bunday rul mexanizmi hozirgi zamon yengil avtomobillarida keng
qo‘llanilmoqda.
Rul yuritmasi, rul mexanizmida oshirilgan kuchni soshka orqali
qabul qilib, boshqariluvchi g‘ildiraklarning sapfalariga uzatadi va
boshqariluvchi g‘ildiraklarni buradi (66-rasm).
Rul yuritmasi, berilgan eng kichik burilish radiusi bo‘yicha
burilishini, ichki va tashqi boshqariluvchi g‘ildiraklarni har xil burchakka
burilishini va soshka vali bilan burish sapfalari orasida kerakli uzatish
sonini bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Rul yuritmasi tortqi va richaglardan tashkil topgan bo‘lib, rul
trapetsiya shaklini hosil qiladi. Rul yuritmasi detallari, bir-biri bilan
shunday bog‘langanki, boshqariluvchi g‘ildiraklarni burganda richag va
tortqilar bir-biriga nisbatan birikmalarda
turli tomonga yengil burila
olishi, shuningdek, o‘z birikmalaridan zarur miqdordagi kuchni uzata
olishi lozim. Shuning uchun rul yuritmasining tortqilari bir-biri bilan
sharnirlar orqali bog‘langan bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda o‘rtacha vaznli o‘tag‘on hamda o‘rta va og‘ir
vaznli
yuk avtomobillari, shuningdek, avtobuslarning rul yuritmalarida
kuchaytirgich ishlatiladi.
Kuchaytirgich - g‘ildiraklarni burishga sarflanadigan kuchni
kamaytiradi, natijada avtomobilning boshqarilishini osonlash -tirib, yengil
va qulay burilishni ta’minlaydi. Kuchaytirgich avtomobil notekis yo‘ldan
yurganda, rul chambaragiga ta’sir etadigan turtkini yumshatadi va
avtomobilni katta tezlikda uning harakatlanish xavfsizligini oshiradi.
Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklardan biri shikastlansa, avtomobilni
to‘g‘ri chiziqli harakatini va turg‘un holatini saqlab qolishga imkon yaratadi.
66-rasm. Rul yuritmasi.
103
Shuning uchun hozirgi paytda tezyurar yengil avtomobillarning
(Neksiya) rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan jihozlangan.
Kuchaytirgichlar boshqarish jarayonida to‘la kuzatish qobiliyatiga
ega bo‘lishi (ya’ni, yo‘naltiruvchi g‘ildirakning burilishi, haydovchi
tomonidan rul chambaragining burilishiga to‘la mos kelishi),
avtomobilni to‘g‘ri chiziqli harakati paytida g‘ildirakning to‘siqqa
uchrab majburan burilishida o‘z-o‘zidan
ishga tushmasligi, biror sabablar
bilan shikastlanib ishdan chiqmasligi, avtomobilning boshqarilishiga
xalaqit bermasligi, yuqori sezgirlikka ega bo‘lib, juda ham qisqa vaqt
ichida tizimning ishga solinishini ta’minlashi kerak (67-rasm).
Kuchaytirgich qo‘yidagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
a) ta’minlash manbai-gidronasos
yoki kompressor;
b)taqsimlagich;
v)gidrotsilindr.
67-rasm. Rul gidrokuchaytirgichi.
1-nasos; 2-tarqislagich korpusi; 3-rul mexanizmi; 4-rul soshka;
5-bog‘lovchi trubka; 6-bachok.
Kuchaytirgichlarni harakatga keltiradigan yuritma gidravlik va
pnevmatik bo‘lishi mumkin.
Kuchaytirgich qismlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi to‘rt xil
bo‘lishi mumkin:
¾ kuchaytirgichning hamma qismlari bir joyda joylashgan
(ta’minlash manbaidan tashqari);
¾ rul mexinizmi alohida. Taqsimlagich va gidrotsilindr bir
agregatda
joylashgan;
¾ rul mexanizmi va taqsimlagich bir agregatda gidrotsilindr ayrim
joylashgan;
104
¾ hamma qismlari (rul mexanizmi, taqsimlagich, gidrotsilindr)
ayrim joylashgan.
68-rasm. Rul gidrokuchaytirgichini ishlash prinsipi sxemasi:
a-rulning ishsiz holatida; b-rul burilish holatida.
1-rul mexanizmi; 2-zolotnik; 3-taqsimlagich korpusi; 4-gidrotsilindr;
5-gidrotsilindr porsheni; 6-reaktiv shayba; 7-markazlashgan prujina; 8-yuqori
bosimli magistral; 9-klapan; 10-nasos; 11-past bosimli magistral;
12-bachok; 13-filtr.
Dostları ilə paylaş: