96
Lekin og‘ish burchagining bo‘lishi g‘ildiraklar harakati davrida
ularni markazi atrofida burilib xarakatlanishga
majbur etuvchi kuchlarni
paydo etadi. Bu kuchlar g‘ildiraklarni sirpanib xarakatlanishini taqozo
etadi, natijada shinalar tez yeyiladi. Bu kamchilikni yo‘qotish uchun
chap va o‘ng g‘ildiraklar
bir-biriga parallel emas, balki avtomobil
bo‘ylama o‘qiga burchak ostida joylashtiriladi (62b-rasm).
G‘ildiraklarning yaqinlashuv burchagi
G g‘ildiraklar orasidagi A va
B masofalarning to‘g‘inlar chetida g‘ildarak markazi balandligida
o‘lchangan ayirmasiga teng. Bu ayirma xar xil avtomobillar uchun 2-
12mm. G‘ildiraklarning og‘ish burchagi a=0-20 bo‘lishi mumkin.
Old g‘ildiraklarining og‘ish
D va yaqinlashuv burchaklar bilan
joylashishi, ularning yonga sirpanmasdan to‘g‘ri chiziqli g‘ildirashini
ta’minlaydi. Avtomobilning ekspluatatsiyasi davrida qismlarining
yeyilishi
D, G burchaklarning o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun
vaqtida ular rostlanib turadi.
G‘ildiraklarning joylashish burchagiga shkvorenning ko‘ndalang va
bo‘ylama tekisliklarda og‘ish burchaklari ham kiradi.
Ularning
mavjudligi g‘ildiraklarning stabillanish momentlarini hosil qilib,
avtomobilning boshqariluvchanligini yaxshilaydi. Bu burchaklar
rostlanmaydi, osmaning konstrutsiyasi hisobiga ta’minlanadi va har xil
avtomobillar uchun 4
0
-8
0
ni tashkil etadi.
NEKSIYA avtomobilining old osmasi richag-teleskopik bo‘lib
elastik qism sifatida prujina ishlatiladi. U «Makferson» (Mc. Pherson)
tipidagi osmalar turiga kiradi. Osma pastki richaglar, amortizatorli
teleskopik ustun, prujina, yukorigi tayanch va stabilizatordan iborat.
Pastki richag sharnirida rezina vtulkalar ishlatilgan. Teleskopik
ustunning yuqorigi tayanchi rezina dempferga ega bo‘lib, oldingi
g‘ildirakning burilishini ta’minlash uchun tirgak podshipnik o‘rnatilgan.
Teleskopik tayanchni g‘ildirakning podshipnikli gupchagi ushlab turadi,
uning o‘zi esa pastki richak bilan sharli barmoq yordamida mahkamlangan.
Ko‘ndalang turg‘unlik stabilizatori pastki
richaglari ikkita stoyka
Dostları ilə paylaş: