Microsoft Word автонинг умумий тузилиши lotin охири doc



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/89
tarix12.12.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#74076
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
lu1npRldLNuQa9NwjbR39n5IRTtQapxbuG7mdoxY

4.1. G‘ildirak va shinalar 
G‘ildirak. G‘ildiraklar avtomobil yurish qismining uzellaridan 
biridir. Avtomobilning ilgarilama harakati yo‘l ustida amalga oshadi. 
G‘ildirakni harakatlantiruvchi burovchi moment yetakchi ko‘prikka 
transmissiya agregatlari orqali uzatiladi. Burovchi moment biror 
qo‘shimcha uzel yordamida yo‘l sathi bilan muloqotda bo‘lgandagina 
hosil bo‘lgan aks-ta’sir kuchi yordamida avtomobil ilgarilama 
harakatlanishga majbur bo‘ladi. 
G‘ildiraklar tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan:
53-rasm. Avtomobil 
g‘ildiragining tuzilishi.
1-shina; 2-to‘g‘in; 3-stupitsa. 
54-rasm. Disk.
G‘ildirakning vazifasi avtomobilni yo‘l bilan bog‘lab uning 
harakatlanishini ta’minlash va shu bilan birga yo‘l notekisliklaridan 
uzatilayotgan turtkilarni biroz yumshatib kuzovga, kuzovdan tushayot-
gan tik yo‘nalishdagi yuklamalarni esa yo‘lga uzatishdir. 
Shinalar vazifasi, profilining ko‘rinishi, o‘lchamlari, konstruk-
siyasi va germetikligini ta’minlash usuli bilan ham turlarga bo‘linadi. 


 87
Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil 
avtomobil, kichik yuk ko‘taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda 
ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk 
avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda 
ishlatiladi. 
Shina profilining ko‘rinishi bo‘yicha (57-rasm) ular oddiy profilli
keng profilli, past profilli, o‘ta past profilli, arkasimon, pnevmo-
katoklarga bo‘linadi. 
55-rasm. Shinaning qirqimi: 
V-shinaning eni; N-profilning 
balandligi; D-shinaning tashqi 
diametri; d-to‘g‘inining diametri.
56-rasm. Diognal va radial 
shinalarning konstruksiyasi: 
a) diagnal; b) radial.
Oddiy profilli shinalarda (55-rasm) uning balandligi N ning eni V 
ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir 
va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi 
shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma avtomobillarga 
o‘rnatiladi.
O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi. 
Diagonal shinalar (56a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va 
shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi 
radial (R) shinalar bilan bir xildir. 
Radial (R) shinalarda(56b-rasm) kord iplari 2 radius bo‘ylab 
joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N / V —0,7-
0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi. 
Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko‘tara olish 
qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga qarshiligining kamligi, 
nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan 
ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga 


 88
elastikligining yuqoriligi, notekis yo‘ldan yurilganda shovqin chiqarishi 
kabi kamchiliklarga ega. 
Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga 
o‘xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi. 
RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga 
ko‘p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va 
halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin