Differensialning vazifasi va turlari. Ma’lumki, avtomobil
burilayotganda uning g‘ildiraklari har xil yo‘l bosib turli chastotada
aylanadi. Masalan, avtomobil burilayotganda uning tashqi g‘ildiraklari
ichki g‘ildiraklariga qaraganda ko‘proq yo‘l bosib tez aylanadi.
G‘ildiraklarni bunday turli chastotada aylanishi avtomobilning
notekisliklarda (to‘g‘ri yo‘nalishda) harakatlanganda, shuningdek,
g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yeyilishi yoki havo bosimi
turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganda ham ro‘y beradi. Yetakchi bo‘lmagan
oldingi g‘ildiraklarni bir-biriga nisbatan turli chastotada mustaqil aylana
olishini ta’minlash uchun ularni o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan o‘qlar
(sapfalar)ga o‘rnatilgan bo‘ladi. Yetakchi g‘ildiraklarga esa burovchi
moment asosiy uzatmadan uzatiladi. Agar burovchi moment
g‘ildiraklarga bitta umumiy val orqali uzatilgundek bo‘lsa, avtomobil
burilayotganida uning g‘ildiraklari turli chastotada aylana olmasdan
yo‘lga nisbatan sirpana boshlaydi. Shuning uchun yetakchi g‘ildiraklarni
bitta butun valga o‘rnatilmasdan, har biri mustaqil aylana oladigan va
yarim o‘q deb nomlangan alohida-alohida vallarga o‘rnatiladi.
Demak, differensialning vazifasi avtomobilning burilishida yoki
notekisliklarda harakatlanganida burovchi momentni yetakchi
g‘ildiraklarga taqsimlash bilan ularni turli tezliqda aylana olishini
ta’minlashdir. Avtomobillarda asosan shesternyali va kulachokli
differensiallar ishlatiladi. Shesternyali differensiallar konstruksiyasi
bo‘yicha birmuncha oddiy.
Avtomobillarda konussimon shesternyali differensiallar keng
tarqalgan bo‘lib, u differensial qutisi, sotollitlar, yarim o‘q shesternyalari
tashkil topgan. Yarim o‘q shesternyalari yarim o‘qlar orqali yetakchi
g‘ildiraklar bilan ulangan. Differensial planetar mexanizm bo‘lib, uning
yetakchi zvenosiga differensial qutisi, yetaklanuvchi zvenosiga esa
o‘lchamlari bir xil bo‘lgan yarim o‘q shesternyalar va kiradi.
Differensiallar Transmissiya da o‘rnatilish joyiga qarab g‘ildirak-
lararo (burovchi momentni bir ko‘priqdagi yetakchi g‘ildiraklarga
taqsimlash) va o‘qlararo (4x4; 6x4; 6x6 rusumli avtomobillarda burovchi
momentni yetakchi ko‘priklarning asosiy uzatmalariga taqsimlash)larga;
burovchi momentni yetakchi ko‘priklarga qanday nisbatda
taqsimlanishiga qarab simmetrik va nosimmetriklarga bo‘linadi.