83
o‘qlarning tashki uchlari g‘ildirak gupchagiga flanes,
shponka yoki shlis
yordamida ulanadi. Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q
shesternyasi bilan shlis yordamida biriktiriladi.
Avtomobil harakatlanganda yarim o‘qlarga burovchi momentdan
tashqari eguvchi momentlar ham ta’sir etadi. Eguvchi momentlar
avtomobilning yetakchi gildiraklariga ta’sir etadigan kuyidagi
kuchlardan vujudga keladi radial kuch (avtomobilning og‘irligidan
tashkil topgan reaksiya kuchi), tortuvchi kuch–R; yondan ta’sir kiluvchi
kuch-(avtomobil burilishida xosil bo‘ladigan kuch).
Yarim o‘qlarni, ularni orqa ko‘prikda o‘rnatilish usuliga karab,
eguvchi momentlardan to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin.
Avtomobillarda ishlatiladigani uch xil, ya’ni
eguvchi momentlardan
yarim yuksizlantirilgan, kismga yuksizlantirilgan va tula yuksizlan-
tirilgan buladi.
3.5. Avtomobillardan foydalanish davrida transmissiyada
uchraydigan asosiy nosozliklar
Kardanli uzatmaning nosozliklariga, uning shovqin bilan ishlashi
(avtomobilning harakatida bir uzatmadan boshqasiga o‘tishda va tirsakli
valning aylanishlar sonini oshishida, hamda avtomobilni tormozlab keyin
tezlik oshirilayotganda), 1000Sdan yuqori harorata qizib ketishi, tebranib
aylanishi va boshqalardan iborat. Yuqoridagi
nosozliklar kardan ayrisi
teshiklari, ignasimon podshipnik, krestovina va kardan vali shlitsali
birikmalarining yeyilishidan hosil bo‘ladi, natijada kardan valining
muvozanatligi buziladi va ignasimon podshipnikda o‘q bo‘ylab zarbli
zo‘riqish kuchayadi. Kardan valining krestovinasi salnigining ishdan
chiqishi, ignasimon podshipnik va mahkamlash tirnog‘ining yeyilishiga
olib keladi.
Kardanli uzatmaga TXKdan avval diagnoz qo‘yiladi, buning uchun
maxsus asbob yordamida kardan valini qo‘l bilan
ikki tomonga keskin
burab aylantirib, lyufti aniqlanadi. Kardan valini erkin buralish kattaligi
bo‘yicha kardan va shlitsali birikmasining yoyilish darajasi aniqlanadi.
Har 8-10 ming km masofadan so‘ng uzatmalar qutisi va orqa ko‘prik
orasidagi kardanli val flanetsi boltli birikmalarining mahkamlanishi
tekshirib turiladi. TXK paytida kardan vali flanetsini orqa ko‘prikka va
uzatmalar quttisining yetaklovchi valiga mahkamlovchi hamma boltlari
(80-10 Nm kuch bilan) burab qotiriladi. Kardan valining ignasimon
84
podshipnigi Transmissiya agregatlarini moylashda ishlatiladigan (TAp-
10, TAp-15, TAp-15V, MT-16p) suyuqq
moy bilan krestovinaning
moylash jumrakchasidan (himoya klapanidan moy chiqquncha) bosim
bilan yuborib moylanadi. Shlitsali birikmalar (US-1 va USS-1) quyuq
moylari bosim orqali yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: