85
Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi
gidroyuritmada mufta
podshipnigi va richaglar orasidagi tirqish, bosh silindr porsheni va
porshen shtoki orasidagi «a» tirqish hamda kompensatsion teshik B ning
diametriga qarab aniqlanadi. Birinchi tirqishni shtokning erkin yurishiga
qarab tekshiriladi va uning uzunligini o‘zgartirish bilan rostlanadi. Bu
tirqish pedal erkin yurishining katta qismini belgilaydi. Ilashish muftasi
pedalining erkin yurishining kam qismini shtokni uzunligini o‘zgartirish
bilan rostlanadigan bosh silindr porsheni va shtoki orasidagi tirqish "a"
belgilaydi.
GAZ-3102 avtomobilning ilashish muftasi yuritmasidagi vilkani
shtokga siquvchi prujina shtokni vilkaga siquvchi va bajaruvchi silindrda
o‘rnatilgan
prujina bilan almashtirilgan. Shuning uchun GAZ 3102
ilashish muftasida mufta podshipnigi va tayanch halqa orasida tirqish
yo‘q. Ilashish muftasining bunday yuritmasidan foydalanganda rostlash-
ning hojati yo‘q va shtok 8 rostlovchi gaykalarga ega emas.
86
4-bob. YURISH QISMI
Yurish qismi quyidagi qismlardan tashkil tongan:
¾ g‘ildirak va shinalar;
¾ oldi va orqa osmalar.
Dostları ilə paylaş: