www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Ayollarning ijtimoiy huquqlari Er-xotinning o‘zaro haqlari. Mahr nima? “... ayollarga nisbatan erkaklarda bir daraja
(ziyodalik) bor...”[/b] (Baqara surasi, 228-oyat) Ayolning eri zimmasidagi haqlari Ayolning eri oldidagi haqlaridan birinchisi mahrdir. Mahr – o‘zi rozi bo‘lib oila qurishga
ixtiyor qilgan qizga yo ayolga kuyovning ko‘ngildan chiqarib beradigan hadyasidir. Mahr
– ayolga islom tayin etgan haqdir. Insonlar islomdan avval bu haqqa keragicha rioya
etmaganlar, shuningdek, bugun ba’zilar bu haqni deyarli unutishgan ko‘rinadi. Bu
xususda hazrati Alloh shunday marhamat qiladi:
“Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz!...” (Niso surasi, 4-oyat).
“...Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan mahrlarini beringiz!...” (Niso surasi, 24-oyat).
Islom mahrni ayolning haqqi qilib tayinlashi bilan bu mulkni tasarruf qilish haqqi ham
faqatgina shu ayolga tegishli. Islomda mahr belgilaganda me’yordan, chegaradan
chiqmaslik kerak. Mahrni ayol faqat nikohdan keyingina oladi. Lekin ayol mahrdan voz
kechishi ham mumkin.
Agar ayolning eri o‘lsa yoki u bilan ajrashsa, bu olinmagan mahr o‘z-o‘zidan kuchga
kirishi mumkin. Ya’ni, bir erkak ajrashmoqdan oldin mahrni to‘lash kerak ekanligini
xotirlasa, duch kelgan paytda taloq aytishdan o‘zini tiyadi. Demak mahrda ajrashishni
o‘nglash, oldini olish ma’naviy xususiyati ham bor. Bundan tashqari, oldin olsin, keyin
olsin, bir miqdor mulkka sohib bo‘lgan ayol o‘zini amniyatda his etadi, eriga mute’ bo‘lish
qo‘rquvidan qutiladi. Imom Molik ham mahrni bu sohada xarjlanishini majburiy
hisoblaydilar va ilova etadilar: “Xalifa Umar ibn Abdulaziz viloyatiga shunday farmoyish
tarqatdi: “Otasi bo‘lsin yoki yana boshqasi bo‘lsin, bir ayolni turmushga uzatarkan,
mahrdan tashqari ehson, ikrom turidan o‘zi uchun so‘ragan, istagan narsa ayolnikidir”.