www.ziyouz.com kutubxonasi
72
tilayman! Ey halim! (Qilgan ayblari uchun quliga shoshilinch jazo bermaydigan) Allohim!
Qur’oni Karim
hurmatidan menga rahmat ayla, Qur’onni menga rahmat, imon, nur,
hidoyat, shifo qil, Allohim Qur’ondan unutganlarim bo‘lsa xotirlat, tushunmaganlarim
bo‘lsa anglat, kechayu kunduzda Qur’on o‘qishni menga
nasib et, Qur’onni menga
qiyomat kunida shafoatchi, hujjat, nur qil. Allohim, manfaatsiz ilmdan, maqbul bo‘lib
huzuringa ko‘tarilmaydigan amaldan va qabul qilinmaydigan duodan o‘zing asra.
Rabbim, Senga kofir bo‘lishdan
qabr azobidan asra, sendan boshqa iloh yo‘q. Rabbim.
Sendan pokiza hayotu, rohatli o‘lim berishingni so‘rayman, oxiratda xor va sharmanda
bo‘lmaslikni so‘rayman. Ey Rabbim,
menga hidoyat va taqvo, qalb pokligi va behojatlik
ato et. Ilohim, meni ilmga boy qil, halimlik bilan beza. Taqvodorlik bilan hurmatli qil va
tan-sihatlik
bilan chiroyli qil, dushmanga yengilishdan, ustimdan kuladigan ishni
qilishdan o‘zing asra. Allohim, Sendan jannating va jamolingni ko‘rsatishingni, do‘zax
azobidan panoh berishingni so‘rayman, meni amali solihlardan qil, Qur’on
xulqi bilan
xulqlantirgin va Firdavs jannati vorislaridan qilgin. Omin!!!
“Ey Allohim! Sen mening Rabbimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q, meni sen yaratding, men
Sening qulingning va joriyangning farzandiman, Sening (qudrat) hovuchingdaman,
kokilim Sening (qudrat) qo‘lingdadir”.
Men kuchim yetguncha sening ahding va va’dang (senga bergan so‘zim)
uchun harakat
qildim. Qilgan amallarimning sharridan (xato gunohlarimdan) Senga sig‘inaman, menga
ato etgan yaxshiliklaringni iqror etib, mening Senga qarshi gunohlarimni e’tirof etaman,
u holda gunohlarimni kechir, chunki, gunohlarni
faqat Sen afv etuvchi, faqat Sen
kechiruvchisan!
“Ey Rahmlilar rahmlisi, mehribonlar mehriboni! Meni, ota-onamni,
iymon keltirgan
barcha erkak va ayollarni mag‘firat et! Shubhasiz, Sen har narsaga va har ishga
qodirsan!”.
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1691.0
Internet uchun Laylo tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007