qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onalaringizning) birovi yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf” tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt.” (Al-Isro surasi, 23-oyat). Qur’onda
marhamat qilingani kabi hazrat Payg‘ambardan (s.a.v.) eng ko‘p kimga yaxshilik
ko‘rsatish kerak, deb so‘ragan bir sahobiyga “onangga”, deya uch bor takrorlaganlaridan
so‘ng “otangga” dedilar.
Islomda ona haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo‘lsada, bu haqqini yo‘qotmagan
bo‘ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni, Islomga zid
amr va talqinda bo‘lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Istasa ular ham ziyoratga
kelishi mumkin. Eri xohlamasa ularni uyiga qo‘ymasligi ham mumkin. Bu vaziyatda
ko‘chada yoki hovlida ko‘rishib, suhbatlashadilar. Bu holat rahm-shafqat tushunchalariga
zid kelsada, er mahram bo‘lmagan va o‘zi shubhalangan kishilarni xotini bilan
ko‘rishmoqdan man etishi mumkin.
Musulmon ayol tavba bilan Allohga yo‘nalgandir Ko‘pincha uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘ralashib, farzandlariga berilib ketgan musulmon
ayol g‘aflat ichida qolishi mumkin. Yo Alloh amri qarshisida kamchilikka yo‘l qo‘yishi,
yanglishgan bo‘lishi mumkin. Yo uning amrini bajarishga kechikkan bo‘lishi mumkin.
Qisqasi, musulmon ayolga yarashmaydigan bir vaziyatga tushib qolgan. Avvalo, bu
hushyor, ziyrak bir musulmon ayolga munosib hol emas. Lekin sergak musulmon ayol
bunday holatlarda g‘aflat bosib uzoq yurishi mumkin emas. U ko‘ngliga kirgan g‘aflatdan
tezda uyg‘onishi, sergak tortishi kerakligini biladi. Hatto bu qusri uchun Rabbisidan
mag‘firat so‘raydi. Darhol tavba qilib, Parvardigorining rahmatiga sig‘inadi. Chunki,
eminlik va omonlik Undadir. Rabbimiz shunday marhamat qilmoqda: “Taqvo qiluvchi
zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa ushlasa, Allohni eslaydilar. Bas,
haqiqatni ko‘ra boshlaydilar”.
Agar bir ko‘ngil iymon sevgisi bilan to‘la bo‘lsa, bunday ko‘ngilni zang bosishi, ichiga
g‘aflat kirishi mushkul. G‘aflat fosiqlik to‘la ko‘ngilga ta’sirini ko‘rsata oladi. Musulmon
odam ko‘p vaqtini fosiqlar, dinsizlar bilan o‘tkazsa ham ibodatlariga putur yetishi
mumkin. Shuning uchun hushyor, ziyrak va bedor musulmon ayolning qalbi davomli
hidoyatni, toatni tanlaydi, ibodat bilan mashg‘ul bo‘ladi va Allohga tavba qilmoqni
o‘ylaydi. Bunday ayolning ko‘ngli doimo rahmat nurlari bilan to‘la, ibodat shu’lasi bilan
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
munavvar bo‘ladi. Doimo tavba va Alloh mag‘firatining shifobaxsh shabadalarini his etib,
hidoyatning huzurbaxsh shamollarini sezib yashaydi.