Ayolning eridagi haqlari “... va yaxshi amallarda ular (ayollar) uchun zimmalaridagi erlari oldidagi burchlari barobarida huquqlari ham bor...” (Baqara surasi, 228-oyat).
Bundan avvalgi bo‘limda erning (ayol) xotini ustidagi haqlarini ko‘rdik. Yuqoridagi oyati
karima ayollarning erkaklar ustida ularning haqqichalik haqlari borligini bildirmoqda.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratning 10 yilida (632 milodiy) Vido hajida ummatga turli
mavzularga doir xitobatdan so‘ng, ayol haqlariga ham munosabatlarini bildirdilar.
Sulaymon ibn Amr ibn al-Ahvas rivoyatlariga ko‘ra, shunday deganlar: “Ey, ummatim!
Ayollarga yaxshi muomalada bo‘lishingizni tavsiya etaman. Ular qo‘l ostingizda asirlar
kabidirlar. Ularga nisbatan quyidagilardan boshqa haqqi sohib emassiz: agar ortiqcha
chirkin harakatda bo‘lsalar, ularni yotoq o‘rinlaringizga qo‘ymang va yengilroq uring.
Agar itaoatkor bo‘lsalar zidlashmang, qarshilik qilmang. Shuni yaxshi bilingizkim,
ularning ham sizlarda haqlari bor; bu ularni go‘zal kiyintirishingiz va yaxshi taomlar bilan
ta’minlashingizdir”.
Hokim ibn Muoviya al-Qushayriy otasidan rivoyat qiladi. Otasi Rasulullohdan (s.a.v.)
so‘radilar: “Ayollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor?” Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) shunday marhamat qilgandilar: “Yeganigizdan yedirmoq, kiyganingizdan
kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik”.
Ayolni urmaslik Yer yuzida erkak va ayol paydo bo‘lganidan buyon mavjud bu masala hamon
dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ne yoziqki, ba’zi o‘zini bilmaganlar va yomon niyatlilar
tarafidan vaqti-vaqti bilan hujumga uchragan Islom, bu mavzuda ham haqsiz
ayblovlarga nishon bo‘lgan. Go‘yo Islom ayolni urmoqni tashviq etuvchi sifatida odamlar
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi