www.ziyouz.com kutubxonasi
64
ko‘ngliga o‘rnashtirishni, bu bilan esa ularda dinga nisbatan yomon tuyg‘ular uyg‘onishni
istaganlarning ishidir. Bu masalada biz uchun eng buyuk ibrat Allohning Rasuli emasmi?
U zotning rafiqalari hazrati Oysha roziyallohu anhu bizga shunday xabar beradilar:
“Allohning Rasuli xizmatchini ham, birorta ayolni ham urmaganlar”.
“Allohning Rasuli rafiqalaridan hech birini urmaganlar. Qo‘llari bilan hech kimga ozor
bermaganlar; magar, urush holida bo‘lsa bunday emas. O‘zlariga qilingan haqsizlikka
javob qaytarmaganlar. Magarki, Alloh harom etgan narsalardan birini buzadigan
bo‘lsalar, shu vaqtda bu amalga yarasha jazosini berardilar”.
Ilyos ibn Abdulloh ibn Abi Zubob shunday hikoya qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.):
“Ayollarni urmanglar”, dedilar. Bir muddatdan so‘ng hazrati Umar keldilar. “Yo
Rasululloh, ayollar erlariga qarshi sher sifat bo‘lib qoldilar!”, dedilar. Payg‘ambarimiz
urushlariga ruxsat berdilar. Rasulullohning (s.a.v.) uylarini eridan tayoq yeganlari uchun
shikoyatga kelgan ayollar o‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Uyimni erlaridan shikoyat
etuvchi ayollar o‘rashdi. Ayollarni uradiganlar xayrli kishilar emasdir!”, dedilar”.
Hazrati Ali (r.a.) ham shunday marhamat qiladilar: “Valid ibn Uqbaning xotini
Rasulullohga (s.a.v.) kelib eri urayotganini aytdi. Rasululloh s.a.v. unga: “Bor, eringga
meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”, dedilar. Ayol ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana keldi.
“Yo Rasululloh, meni badtar ura boshladi”, dedi. Rasululloh unga kiyimlaridan bir popuk
kesib berdilar va: “Eringga buni ko‘rsat va meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”,
dedilar. Ayol ketdi. Yana tezda qaytib keldi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qo‘llarini ko‘tardilar:
“Allohim, Validni O‘zingga havola etdim, mening yuzimdan (men sabab) ikki marta
gunohga kirdi!”, dedilar”.
Xotinga dinni o‘rgatmoq Bu xususda Alloh bizga shunday amr etadi: “Oilaga namozni buyur, o‘zing ham