Musulmon ayol oila a’zolariga mas’uldir Alloh huzurida ayol javobgarligi erkaknikidan kam emas, hatto ko‘proq va kattaroqdir.
Chunki u uyda erkakka nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Bolalari bilan ko‘p vaqtini
o‘tkazganidan, bolalar va uyga aloqador muammolarni eriga qaraganda ko‘proq,
yaqindan biladi. Erkak xabarsiz bo‘lgan masalalarni biladi va hal qiladi, yechimini tezroq
topadi. Ziyrak musulmon ayol Rasululloh (s.a.v.) hadislarini xotirlashi bilan mas’ulligini
darhol tushunadi. Chunki, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) so‘zlariga davomli quloq
soluvchidir.
Hushyor va ziyrak musulmon ayol o‘zining va farzandlarining tarbiyasini mudom kuzatib
borishi, mas’uliyatni chuqur his etib, o‘zidagi va oila a’zolaridagi xato-kamchiliklarini
to‘g‘rilab, tuzatib turishi kerak.
Musulmon ayolning asl niyati – Alloh rizosidir Musulmon ayolning asl niyati va maqsadi har doim Allohning rizoligidir. U barcha
amallarida shu o‘lchovga diqqat-nazarini qaratadi va hassos tarozuda tortadi. Alloh
nimani xush ko‘rib, nimadan rozi bo‘lsa, o‘shanga amal qiladi. Alloh norozi bo‘ladigan
noxush ishlardan, noxush holatlardan qochadi.
Agar musulmon ayol Alloh rozi bo‘ladigan, Alloh xush ko‘radigan bir narsa bilan odamlar
xush ko‘radigan bir narsa o‘rtasiga tushib qolsa, u, albatta, Alloh rizosini afzal ko‘radi va
Alloh xush ko‘radigan yo‘lni tanlaydi. Hatto bu tanlashdan odamlar achchiqlanib hafa
bo‘lsalar ham, bu borada ikkilanmaydi. Alloh rizosini ustun ko‘radi va Alloh rizosiga
erishish uchun, u barcha ko‘ngil g‘uborlarini yuvib xotirjamlik his etadi. Va alal oqibat,
Alloh insonlarni ham undan rizo qilishga qodirligini biladi va o‘ylaydi.
Musulmon ayol Allohga munosib bandadir Musulmon ayol Allohga qullik tushunchasini, bandalik mazmunini o‘zida go‘zal namoyon
etguvchidir. Sezgir, taqvoli musulmon ayol mustahkam ishonch sohibasidir, ayni vaqtda
yuksak niyat va maqsad uchun yaratilganini his etadi. Haqiqatda Parvardigorimiz bu
maqsadni shunday chegaralamoqda: “Men jin va insni faqat O‘zimga ibodat