Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
bildirganlar va ummatni yaxshi axloq, go‘zal xulq egasi bo‘lishga chaqirganlar:
“Muhojirlardan tashqari barcha ummatim avf etilgandir”. “Muhojirlar kimlar yo
Rasululloh?” deyishganida, u zot: “Ular
shunday kimsalarki, kechasi (tunda) bir ish
qiladi, Alloh buni bekitadi, ular esa ertalab turib “kechasi
unday qildim, tunda bunday
qildim” deya u sirni oshkor etadi”, dedilar.
“Alloh huzurida eng yomon kimsalar bir-birlari bilan qilgan
zavjiyat munosabatlarini
boshqalarga aytib yurguvchilardir”, deganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
Abu hurayra (r.a.) hikoya qiladilar: “Bir kun Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiganlaridan
keyin muborak yuzlarini bizga qaratib: “Joyingizga o‘tiring”, dedilar va so‘radilar:
“Ichingizda oilasi bilan bo‘lgan tungi mashg‘ulotni unda-bunda aytib yuruvchilar bormi?”
Ashob jim. Ayollardan so‘radilar. Yosh bir qiz tizzasida turib, Rasululloh (s.a.v.)
ko‘rishlari uchun bo‘ynini cho‘zib, “Ha, erkak va
ayollar shunday narsalarni
suhbatlashadilar”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizlarmi? Bunday
ish tutganlar ko‘chada, xalqning ko‘z o‘ngida bir-biri bilan chatishgan shaytonlarga
o‘xshaydilar”, dedilar”.
Dostları ilə paylaş: