ko‘rsatmasinlar! ” Hanafiylar bu oyatga tayanib, ayol ovozini ham avrat ekaniga hukm etganlar. Bu oyatda
ayollar oyog‘idagi taqinchoqlar ovozi taqiqlanmoqda. Ayol ovozi esa, taqinchoq ovozidan
jozibalidir. Shu sababdan taqiq zaruriydir.
Ba’zi mufassirlarning fikriga ko‘ra, “Bu oyat ayolning baland ovozda suhbatlashishi
harom ekaniga dalolat etadi. Chunki, ayol ovozi taqinchoqlar ovozidan ko‘proq fitna
uyg‘otadi. Shuning uchun bu oyat ayol ovozini ta’qiqlaganiga dalolat etgani kabi
mazhabimiz ayol azon aytishini ta’qiqlagan. Erkaklik hissini uyg‘otishi bilan fitna va
shubha tug‘dirishi tufayli ayol yuziga qarashning ham harom ekaniga dalolat etadi”.
Imom Shofe’iy va boshqa ba’zi olimlar esa ayol ovozi avrat emasligiga hukm etganlar.
Zero, ayol olish-berish qilishi, guvohlik berishi joizdir. Bu holda gapirishi, suhbatlashishi
zaruriydir.
Fitnadan amin bo‘lish sharti bilangina ayol ovozi avrat emas. Zero, Rasulullohning
(s.a.v.) xotinlari erkaklar bilan suhbatlashar, hadis rivoyat etardilar. Shubhasiz,
suhbatlashib hadis rivoyat etgan erkaklar orasida ularga mahram bo‘lmagan erkaklar
ham bor edi. Bularning suhbatlariga hech bir sahobiy e’tiroz etmagan.
Yana ayol qo‘llaridagi bilakuzuklari, qo‘llarini sollantirib, ko‘z-ko‘z etib, kerilib yoki
nozlanib yurishlari haromdir. Tor va jozibasi rangli liboslarda ko‘chaga chiqishi,
chiqayotib xushbo‘y sepishi, surishi va erkaklar e’tiborini tortadigan shaklda yurishi va
suhbatlashishi nojoiz. Chunki, Alloh marhamat qilmoqda: “...Bas, sizlar (nomahram erkalarga) mayin so‘z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa tama’ qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangizlar! O‘z uylaringizda qaror topinglar, (ko‘chaga chiqqanlaringizda esa) ilgari jaholiyat (davri) yasanishidek yasanmangizlar...” (Ahzob surasi, 32-33-oyatlar).
Fasod ko‘payishi, tarqalishi, axloqning buzilishi, erkakning harakatsizligi va
g‘ayratsizligidandir. Nomusini qizg‘anmagan, asramagan kimsa musulmon bo‘lmaydi.
Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Uch sinf (guruh, tabaqa) inson borki, jannatga ham
kirolmaydi, jannat hidini ham hidlay olmaydi. O‘zini erkaklarga o‘xshatgan, davomli
(mast qiluvchi) ichkilik ichganlar va dayuslar”, deb marhamat qildilar. Ashobi kirom:
“Dayus kim?”, deb so‘radilar. “Ahli oilasini erkaklardan qizg‘anmaydiganlardir”, deya
javob berdilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).