Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz!. Mana
shu sizlar uchun yaxshidir. Zora (bu gapdan) eslatma olsangizlar. Bas agar u
(uy)larda hech kimni topmasangizlar, unda to sizlarga izn berilmaguncha
ularga kirmangiz! Agar sizlarga “qaytinglar”, deyilsa, qaytib ketaveringlar! Shu
sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni bilguvchidir.
(Xususiy) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar
foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh
yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni
ham bilur” (Nur surasi, 27-29-oyatlar).
Bu oyatni keltirishimizga sabab, har bir uyda ayol bo‘lib, u turli holatlarda yurishi
mumkin. Hozirgi zamonaviy uylarda ayol ko‘rinmaydigan tashqari hovlilar yo‘q, bunga
imkon ham yo‘q. Shuning uchun bu oyatni ham bilib, unga amal qilish har bir musulmon
erkagu ayolga farzdir.
Alloh taolo mo‘min qullarini chiroyli odob bilan odoblantirar ekan, ularni eng yuksak
axloqqa da’vat etadi. Birovning uyiga kirishdan oldin ruxsat so‘rash kerakligini amr
etadi. Kirgach, ichkaridagilarga salom berishni buyuradi. Toki, oralarida mehr-muhabbat
paydo bo‘lsin. O‘zlariga oid bo‘lmagan uylarga iznsiz kirishni ta’qiqlaydiki, ular turli
mushkul vaziyatga duch kelib qolmasinlar va ichkaridagilar og‘rinmasinlar. Kirish izni va
salom shubhali holat ko‘tarilib ketishiga va hurmatga sabab bo‘ladi. Izn berilmagan
taqdirda ortga qaytish eshikda kutishdan, ichkariga kirish qat’iyatidan va qayta
so‘rashdan xayrlidir. Uy ahlining ruxsat bermasligida bir sabab yoki noqulaylik bor, yo
bir uzrlari yoki ziyoratchini munosib qarshilashlariga mone bor hol mavjud. Borilgan
uyda kimsa yo‘q bo‘lsa, kirish joiz emas. Chunki, maskanlar uchun ulkan ehtirom borki,
u yerga kirmoq uy ahlining ruxsat berishi bilangina bo‘ladi.
Maskan bo‘lmagan, insonlar foydalanishi uchun qurilgan karvonsaroy, hammom,
oshxona kabi joylarga kirish uchun ruxsat shart emas.
Dostları ilə paylaş: