Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Bola tushishiga sababchi bo‘lganga beriladigan jazo



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Bola tushishiga sababchi bo‘lganga beriladigan jazo 
Bu jazo qilingan fe’lning turiga, niyatiga va oqibatiga qarab belgilanadi. Umuman, besh 
qismdan iborat: 
1. Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishi; 
2. Homilaning ona rahmidan tirik tushib, so‘ng o‘lishi; 
3. Homilaning ona rahmidan tirik tushib o‘lishi yoki boshqa bir sabab bilan yashashi
4. Homilaning ona rahmidan tushmasligi yoki ona o‘lgach tushishi; 
5. Onaga yetkazilgan ozordan kelib chiqqan natija – oqibatlar... 
1 – Homilaning ona rahmidan o‘lik tushishiga sabab bo‘lgan fe’ldir. Bu fe’lni qilganning 
jazosi, homilaning diyyatidir. Bu diyyat bahosi 5 ta tuya bo‘lgan, bir qul yoki joriya ozod 
etishdir.
Haqiqatdan Abu Hurayra (r.a.) eslatadilar: 
“Huzayl qabilasidan ikki ayol janjanlashdi. Biri qo‘liga tosh olib, ikkinchisiga otib ham 
uni, ham rahmidagi homilasining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Da’vo Rasulullohga yetdi. 
Janobimiz (s.a.v.) ona rahmidagi homilaning o‘lgani uchun u bir qul yoki joriya ozod 
qilishini va o‘ldirgan ayolning diyyatini o‘ldirganning ota tarafidan yaqinlari o‘tashlarini 
qaror qildilar”. 
Ozod etiladigan qul topilmagan taqdirda (hozirgi davrda qullik, joriyalik yo‘q) uning 
o‘rniga 5 ta tuya to‘lanadi. Bunda olimlar ittifoqdirlar. Tushirilgan homilaning o‘g‘il yoki 
qiz bo‘lishi jazo o‘zgarishini lozim qiladi. Faqihlarning aniqlanishicha, qiz diyyati – o‘g‘il 
bola diyyatining yarmidir. 
Homilaning diyyati – qasddan qilingan jinoyat bo‘lsa, og‘irlashtiriladi, xato tufayli 
(o‘lgan) bo‘lsa, yengillashtiriladi. Qasddan jinoyat qilinsa, diyyat jinoyat qilganning ota 
tarafidan yaqinlariga yuklatilmaydi, xato tufayli qilinsa, yuklatiladi.
Homila tushirilishi sababli lozim diyyat kimlarga beriladi? 
Avval shuni aniqlab olaylik, homila tushishiga sababchi bo‘lgan ya’ni, shu jinoyatni sodir 
qilgan kimsa, xoh shu homilaga sohib onaning o‘zi bo‘lsin, diyyatiga voris bo‘lolmaydi. 
Hanafiy, shofe’iy, hanbaliy mazhablariga ko‘ra, olingan diyyat homila vorislariga faroiz 
usuliga ko‘ra taqsim etiladi. 
Imom Molik hazratlariga ko‘ra, olingan diyyat faqat bolaning onasiga beriladi. Imom 
Lays ham shu qarash tarafidadir. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin