www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Har qanday bir fe’li sababli ayol egiz yoki uchiz (uchta) bola tushirsa, har biri uchun
alohida diyyat lozimdir.
2 – Homila ona qornidan tirik tushib, so‘ng o‘sha fe’l sababi bilan o‘lishidir. Yuqorida
aytilgandek, ba’zilarning fikricha, qasos shart. Ayrimlarning fikricha esa, komil diyyat
zarur. Komil diyyatdan maqsad 5 ta o‘rtacha tuya. Tuya topilmasa, qiymati, puli beriladi.
Komil bo‘lmagan diyyat o‘rtachaga yaqin 5 ta tuyadir.
Bola tushgach ona o‘lsa, qilingan jinoiy fe’l sababli bolasini tushirgach, ona o‘lsa, bola
uchun alohida bir diyyat, ayol uchun ham xato bilan o‘ldirilgan bo‘lsada, alohida bir
diyyat kerakdir. Qasddan o‘ldirgan va ma’lum bir asbob qo‘llagan bo‘lsa, qasos lozimdir.
3 – Homila tirik tushsa va yashasa. Bu holda jinoyatchiga faqat ta’zir jazosi lozim. Buni
esa davlatning tegishli tashkiloti tayin etadi. Bola bir muddat yashagach, boshqa bir
sabab bilan o‘lsa ham, uning tushishiga sababchi bo‘lgan kimsaga boshqacha bir jazo
berilmaydi.
4 – Homilaning ona rahmidan tushishi yoki onasi o‘lgach tushishi. Jinoyatchi qilgan bir
fe’l sababli ayol bolasini tirik paytida tushirmasada o‘lgach tushsa, bola tushishi uning
fe’li (aybi) bilan bo‘lmaganligi tasdiqlansa, jinoyatchiga faqat ta’zir beriladi ya’ni, ta’zir
jazosiga tortiladi. Ammo mutaxassislar yoki biladigan kishilar tarafidan bolaning
tushishiga uning fe’li sabab bo‘lgani aniqlansa, diyyat lozim bo‘ladi.
5 – Onaga yetkazilgan aziyatlarning oqibatlari. Jinoyatchining fe’li onaga aziyat bergan
yoki og‘ir xastaliklarga sabab bo‘lsa shunga qarab jazo belgilanadi.
Homilani tushirish uchun ayolga berilgan dori Bir odam homilador ayolga homilasini tushirish uchun bir dori bersa, ayol bu dorini qabul
qilib, bolasini o‘lik tushirgach, o‘zi ham o‘lsa, bunda qasdga o‘xshash jinoyat sodir
etilgan, ya’ni homilani tushirish hodisasi sodir bo‘lgan. Bunda homila uchun bir diyyat
lozim, ayolni esa qasdga o‘xshash mazmunda o‘ldirgani sababli ham og‘ir bir diyyat
shartdirki, bu 120 tuya bo‘lur.
Homila tushishiga sabab bo‘lgan kimsaga diyyatdan boshqa kafforat ham lozim. Bu
imom Shofe’iy bilan imom Hanbalning qarashi va ijtihodlaridir. Imom Molikka ko‘ra, bu
o‘rinda kafforat mandubdir, vojib emas.
Imom Abu Hanifaga ko‘ra, homila o‘lik tushsa, faqat diyyat kerak. Tirik tushsa, kafforat
ham kerakdir. Kafforat ma’lum bo‘lganidek bir qul ozod qilmoq, yo‘qsa 60 faqirni
to‘ydirmoq yoki kiydirmoq yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutmoqdir. Shu bilan birga
homilani tushirgan jinoyatchiga kafforat ham shart yoki shart emasmi – bu xususda
faqihlarning farqli qarash va aniqlanishlari bor.
Ammo diyyat xususida aytganlarimizdan tashqari farqli qarash va ijtihod yo‘qdir.
Tabiiyki, to‘rt mazhabning qarash va ijtihodini nazarda tutmoqdamiz.
Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi