Nafaqaning fazilati Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) deydilar: “Vido hajida xastalandim. O‘lar xolatda edim.
Rasululloh (s.a.v.) meni ziyorat qildilar. “Yo Rasululloh, qanchalik hasta ekanimni
ko‘ryapsiz. Ko‘p mol-mulkim bor. Yolg‘iz qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q.
Boyligimning uchdan ikkisini sadaqa sifatida tarqataymi?”, dedim. “Yo‘q”, dedilar. Men:
“yarmini ulashaymi”,-dedim. “Yo‘q”, dedilar. So‘ngra: “Hatto uchdan biri ko‘plik qilur.
Merosxo‘rlarni qo‘l cho‘zadigan shaklda faqir qoldirmoqdan xayrliroqdir. Alloh rizosi
uchun ularga bergan nafaqang tufayli muhaqqaq savob qozonursan, xatto xotining
og‘ziga uzatgan bir luqmadan ham”, dedilar.
Ibn Abbos rivoyat etgan bir hadis esa shunday: “Bir odam oila tashvishlari sababli horib-
charchab g‘amgin uxlab qolsa, bu – Alloh yo‘lida ming marta qilich urmoqdan
fazilatliroqdir”.
Nafaqaga sovuqqonlik To'la ado etilgan nafaqaga qanchalik savob berilsa, unga beparvolik qilish shu qadar
gunohi mujibdir. Abdulloh ibn Amr rivoyat etgan bir hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.)
marhamat qiladilar: "Bir kishining tirikchiligi uchun ma'sul bo'lgan kishilarga beparvolik
qilishi unga yetarli gunohdir".
Abu Zarr bunday dedilar: "Men ila bir kishining o'rtamizdan bir gap o'tib onasini haqorat
qildim, onasi arab emas edi (bu ayol avval g'ulom bo'lgan hazrat Bilolning onalari
bo'lgan.). U Rasululohga (s.a.v.) shikoyat qildi. Janob Rasululloh (s.a.v.) mendan:
"Falonchi bilan so'kishib qoldingmi?" deb so'radilar. Men "Ha shunday", dedim. Ular
onasini haqorat qildingmi, dedilar. Men "Ha shunday", dedim. Janobi Rasululloh: "Senda
jaholatdan bor ekan", dedilar. Men: "Shu yoshga kirib, qarigan bo'lsam hammi?", dedim.
Janobi Rasululloh (s.a.v.): "Ha shunday, ular sizlarning birodarlaringizdir. Alloh taolo
ularni sizlarning qo'lingizga topshirib qo'yibdi. Kimga Alloh taolo qo'liga birodarini
topshirib qo'ygan bo'lsa yeganidan yedirib, kiyganidan kiydirsin, kuchi yetmagan ishga
buyurmasin, agar buyursa unga o'zi ko'maklashsin", deb aytdilar.