Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Mahrda ixtilof
Er-xotin o‘rtasida mahr xususida ixtilof paydo bo‘lsa, imom Sha’biy qavliga ko‘ra,
qasam(yod) qil(dir)moq bilan er so‘zi qabul qilinadi, ayol ham isbotlash vaziyatidadir.
Ibrohim an-Nahoiy bu vaziyatda “Mahri misl uchun ayol so‘zi qabuldir”, deganlar.
Xushoym esa, imom Sha’biy so‘zini ma’qullaganlar.
Yuz ko‘rish
Mahrni tomonlar o‘zaro qat’iy belgilashsa, bu mahrga mahri mu’samma deyiladi. Agar
mahr to‘la yoki bir qismi oldindan olinsa bunga mahri mu’ajjal deyiladi.
Bir qismini oldin,
bir qismini keyin (ya’ni, nasiya) olinishi mumkin. Nasiya qismiga mahri mu’ajjal deyiladi.
Mamlakatimizda zifof kechasi oldidan bir miqdor mahr beriladiki, bunga yuz ko‘rish
(ko‘rmana) deyiladi. Bu xususda hazrati Oysha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar:
“Rasululloh (s.a.v.) menga mahridan oz bo‘lsa ham bir narsa olmagan kelinni erining
yoniga kiritmaslikni amr etdilar”.
Rasululloh (s.a.v.) bir narsa bermasdan hazrati Fotima (r.a.)
bilan zifofga kirishni
so‘ragan hazrati Alini (r.a.) man’ etdilar, ammo zirh (sovutni) bergach, ichkariga kirishga
ruxsat berdilar.
Sa’id ibn Jubayr dedilar: “Bir erkak xotiniga ko‘ylak, shohi ro‘mol va uzuk kabi biror
narsa taqdim etmaguncha yoniga kirmasligi kerak”. Hasan Basriy
hazratlari esa buning
majburiy emasligini so‘zlaydilar.
Sulaymon ibn Yasor ham bir erkakning nikohlangan xotiniga biror narsa taqdim
etmasdan yoki mahrini uzmasdan yoniga kirishini makruh sanardilar.
Mut’a
Mahr kesilmasdan va duxul, ya’ni, zifof voqe’ bo‘lmasdan avval
ajrashgan ayolga tasalli
mohiyatida berilgan libos va shunga o‘xshash narsalarga mut’a deyiladi. Buning aniq
miqdori yo‘q, har kimning ahvoliga havola etilgan. Bu xususda Alloh taolo shunday
marhamat qiladi:
Dostları ilə paylaş: