Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Nafaqada o‘rtachalik (e’tidol)



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Nafaqada o‘rtachalik (e’tidol) 
Nafaqada ham dinimiz qo‘ygan e’tidol o‘lchovi chegarasida sarf etish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki, muboh ish yaxshi niyat bilan qilinganda savobga sazovor bo‘lsa, 
aslida savobli bo‘lgan ish islomdan tashqari qilinsa, gunohga inqilob etadi. Ayni shu 
sababdan, Imom G‘azzoliy hazratlari bizga shu o‘gitni bermoqdalar: “Nafaqada xasislik 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
ham, isrofgarchilik ham qilmang, o‘rtacha yo‘l tuting”. 
Alloh marhamat qilmoqda: 
“...shuningdek yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar...” (A’rof surasi, 
31-oyat). 
“(Baxillik qilib) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang. (Isrofgarchilik 
qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda malomat va 
mahrumlikda qolursiz” (Al-Isro surasi, 29-oyat). 
Rasululloh (s.a.v.) ham marhamat qiladilar: “Eng yaxshingiz oilasiga yaxshi 
bo‘lganingizdir”. 
Nafaqaga oilaning hissasi 
Nafaqani har qancha ta’min etmoq erkakning vazifasi esa-da, imkoniyati keng bo‘lgan 
ayol eriga yordam berishi ham mumkin. Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab 
eslaydilar: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) xutbalarida: “Xotinlar, ziynat-
taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, sadaqa bering”, dedilar. Men uyga keldim, erim 
Abdullohga “Siz qo‘li qisqa odamsiz. Rasululloh (s.a.v.) bizga sadaqa qilishimizni amr 
etdilar. Borib Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘rang; agar mumkin bo‘lsa sizga sadaqa 
qilsam, yo‘qsa, boshqasiga bersam”, dedim. U kishi “Yo‘q o‘zing bor”, dedilar. Bordim. 
Ko‘rdimki, Rasulullohning (s.a.v.) eshiklarida ba’zi ayollar bor. Ular ham shuni so‘rashga 
kelibdilar. 
Bu orada Rasulullohga (s.a.v.) vahiy kelibdi, yonimizga Bilol Habashiy keldilar. Unga 
“Rasulullohdan so‘rang; eshikda ikki xotin turibdi, erlariga va uylaridagi yetimlarga 
sadaqa berish joizmi, yo‘qmi ekanini so‘rashmoqda, deng. Kimligimizni aytmang”, dedik. 
Bilol ichkariga kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) undan bizning kimligimizni so‘radilar. U kishi: 
“Ansorlardan bir ayol bilan Zaynab”, dedilar. Rasululloh (s.a.v.) “Qaysi Zaynab”,-deb 
so‘radilar. Bilol: “Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab”, deb javob berdilar. Rasululloh 
(s.a.v.): “Bor, ularga ayt, shunday qilsalar ikki savobga erishurlar, ham aqrabolik (silai 
rahm) savobi, hamda sadaqa savobi”, dedilar”.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin