-
206
-
tayyorlashda muhim a hamiyat kasb yetadi. Bo‘lajak jismoniy
madaniyat sohasidagi pedagog quyidagi ko‘nikmalar va
qobiliyatlarni egallashi lozim:
-
pedagogik qobiliyatlar - pedagogik jarayonini to‘g‘ri
tashkil
etish;
o‘rgatish
metodik
usullari,
vositalari,
prinsiplarini
bilish;
jismoniy
mashqlarda
chiniqtirish
muolajalarni o‘tkazish.
-
akademik qobiliyatlar - ishiga ijodiy yondashish.
Mahoratli pedagoglar doimiy ilmiy-ijodiy izlanishda bo‘ladi.
-
kommunikativ qobiliyatlar - bola va uning ota-onasi
bilan, kasbdoshlari bilan til topa olishi.
-
perseptiv qobiliyatlar - mashg‘ulotda bolani harakatiga,
kayfiyatiga, sog‘ligiga va h.k.zlarga qaragan xolda ichki
dunyosini o‘rganish.
-
ekspressiv qobiliyatlar - nutq, mimika, pantomimika, qo‘l
xarakatlari., bunga ta’lim – tarbiya jarayonida ko‘p narsa
bog‘liq. Tarbiyachi nutqidan aniq va to‘g‘ri foydalana olishi
kerak. P.F. Lesgaft ta’kidlaganidek, jismoniy tarbiya
o‘qituvchisining nutqi, adabiyotchinikidan ham ustun bo‘lishi
kerak.
-
tashkilotchilik qobiliyatlari - tarbiyachi tomonidan sayr
qilish, bo‘sh vaqt, tadbir, bayramlar va h.k.z tashkil eta olishi.
-
gnostik qobiliyatlar - bolani va o‘z faoliyatini taxlil qila
olish, kerakli vaziyatlarda bolani tarbyalash va o‘rgatish
taktika va strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltira olishi uchun.
-
suggestiv qobiliyatlar - bolada jismoniy mashg‘ulotlarga
qiziqtirish uyg‘otish. Bu qobiliyatga ega pedagoglarni bolalar
qiziqish va intizorlik bilan kutadilar.
-
207
-
-
stress vaziyatlarda chidamliligi - bolaga yordam berish
ishtiyog‘i, u bilan birga yutuqlariga quvonish va hk.
Kurs davomida egallagan pedagogik ko‘nikmalar dinamik
xususiyatlarga
ega,
ular
keyingi
faoliyati
davomida
charxlanadi.
Kollej talabalarining kasbiy tayyorgarligi quyidagi dastur
asosida amalga oshiriladi: “Tushuntirish qismi”, “ Kurs
mazmuni”, “ Ilova”.
Tushuntirish qismida: kurs vazifalariga izoh beriladi,
mashg‘ulotlar turlariga tavsif, baholash va mustaqil ta’lim
turlari aniqlanadi.
Kurs mazmunida - bolaning jismoniy tarbiyasi bilan
bog‘liq nazariy bilimlarni talabalar tomonidan egallashga katta
e’tibor qaratilgan.
Ilovada esa – pedagogik adabiyotlar ro‘yxati, kursning
taxminiy jadvali, uyga vazifalar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu dastur asosida ishchi dastur tuziladi. Ishchi
dasturda har bir mavzuga ajratilgan soatlar, mavzular ketma-
ketligi, nazariy, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning
mazmuni va vazifalari, ularni o‘tkazish metodikasi o‘z aksini
topgan. Shu bilan birga ko‘rgazma vositalaridan foydalanish,
mustaqil ta’lim vazifalari, o‘lchash uskunalarning nomi va hk.
Har bir mavzuga asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar
ro‘yxati
tavsiya
etiladi;
metodik
kabinet
va
kollej
kutubxonasida mavjud adabiyotlar ro‘yxati.
Adabiyotlar o‘rganilishini nazorat qilish turlari ham o‘z
aksini topgan
(konspekt, kospektlar rejasi, annotatsiyalar, suxbatlar,
ijodiy ishlar, ota-onalar uchun dokladlar).
|