-
202
-
shakli yosh mutaxassislar uchun o‘tkaziladi. Praktikum vaqti
aniq
vazifalar, material hajmi va muassasaning ish sharoitiga
bog‘liq.
Masalan,
maktabgacha
ta’lim
muassasalarida
o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlarda bola bilan ishlash
jarayonida, koptok bilan o‘yinlarini kam qo‘llaydi, metodik va
amaliy ko‘nikmalarni egallamagan. Ushbu muammoni
bartaraf etish uchun praktikum atrofiy rejasi tuziladi:
suxbat
o‘tkaziladi, amaliy mashg‘ulotlar, yakuniy nazorat. Ajratilgan
vaqt 6-10 soat. Har bir amaliy mashg‘ulot o‘tkazilgandan
keyin seminar ishtirokchilariga ketma-ketlik varinatlarni
ishlab chiqish tavsiya etiladi, koptok bilan o‘yinlar metodikasi
va o‘tkazilishi o‘rgatiladi. Ochiq mashg‘ulotlar videotasmaga
olinadi, keyinchalik ko‘rib muhokama qilish uchun. Praktikum
yakuniy nazorati to‘liq sikl bo‘yicha o‘tkaziladi. U pedagogni
bola bilan ishlash samaradorligini oshiradi,
tashabbuskorlik,
ijodkorlik, maqsadga qarab intilishni rivojlantiradi, pedagogik
ta’sir tizimini mukammalashtiradi. Muammolar seminari.
Ushbu shaklning o‘ziga xosligi bitta dolzarb muammoni ilmiy
nazariy tadqiq etish bilan bog‘liq. Seminar jismoniy
madaniyat metodisti boshchiligida yoki maxsus taklif etilgan
ilmiy xodim tomonidan o‘tkaziladi. Seminar vazifasi yuqori
malakali tarbiyachilarning nazariy
darajasini yuksaltirishdan
iborat. Seminarda 12-15 kishi ishtirok yetadi. Seminar rahbari
ishtirokchilarni mavzu bilan tanishtiradi, kirish ma’ruzasini
o‘tkazadi, boshqa tadqiqot mavzularini ishtirokchilarga taklif
qiladi. Ishtirokchilar mavzuga oid pedagogik adabiyotlarni
o‘rganib
chiqadilar, referatlar tuzadilar, muammoli savollarni
muhokama qiladilar. Seminar ishtirokchilari tajriba ishlarini
rejalashtiradilar, bolalar bilan ish
olib borish metodikasi va