-
198
-
Quyosh vannasidan so‘ng soyada 15-20 daqiqa dam olish,
ustdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa cho‘milish
mumkin. Oftobda ertalab soat 8 dan 11 gacha va kunduzi soat
16 dan 18 gacha toblanish foydalidir. Bu paytda quyoshning
ultrabinafsha nurlari ko‘p bo‘lib, bu nur raxitning oldini oladi.
Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi
mumkin. Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik
tufayli bolalarga salbiy holatlar (qo‘zg‘alish va uyquning
buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining
yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning
uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat shifokor
tavsiyasiga ko‘ra, bolalarning yakka xususiyatlarini hisobga
olgan holda o‘tkazilishi zarur. Bolalarni muntazam holda
chiniqtirish ilk yoshdan boshlanishi lozim, shundagina
bolalarda chiniqish ko‘nikmalarini tarbiyalash mumkindir.
Nazorat uchun savollar
1.Bolalar MTMda jismoniy tarbiyani tashkil etishning
qanday shakllari mavjud?
2. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tuzilishini aytib
bering?
3. Ochiq havodagi jismoniy tarbiya qanday tashkil etiladi?
4. Kun tartibida qanday jismoniy tarbiya va
sog‘lomlashtirish ishlari tashkil etiladi?
5.Bolalar rivoshlanishida ertalabki gimnastika
mashg‘ulotlarining a hamiyati qanday?
5. Jismoniy mashqlar bilan amalga oshiriladigan
chiniqtirish tadbirlariga misollar keltiring?
-
199
-
UCHINCHI BOB. MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASASIDA METODIST FAOLIYATI
1-§. MTM larda jismoniy madaniyat
mutaxassisining vazifalari
Pedagogik kollejlar uchun mutaxassislar, xalq ta’limi
boshqarmalarida metodik va boshqarish faoliyati yurituvchi
kadrlar tayyorlash uchun oliy o`quv yurtlarining pedagogika
va psixologiya fakultetlarida jismoniy tarbiya mutaxassislarini
kasbiy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratilgan. Jismoniy
madaniyat mutaxassisining faoliyati- murakkab, ko‘p qirrali
jarayon, sog‘lomlashtirish va ta’lim vazifalarini xozirgi zamon
fan yutuqlari bilan uyg‘unlikda hal etishni talab qiladi.
Zamonaviy jismoniy madaniyat mutaxassisi maktabgacha
ta’lim dasturiga kiritilagan ushbu yutuqlarlardan xabardor
bulmog‘i lozim. U mashq bajarish jarayonida buyruq,
terminologiya, tushuntirish va boshqa o‘rgatish usullaridan
aniq foydalanmog‘i lozim. Uning pedagogik mahorati, xar bir
bolaga uning psixofizik rivojlanish dasturini tuzish, o‘shanga
qarab mashqlar variantlari, bolaning jismoniy tayyorgarlik
tashxisi va sensonmotor rivojlanishini aniqlashdan iborat. U
avvalo, mashg‘ulotlar davomida bola xavfsizligini ta’minlash,
sport anjomlaridan foydalanish, jismoniy mashqlar vazifalari
va
xususiyatlaridan
kelib
chiqqan
holda
musiqadan
foydalanishni ta’minlashi shart. Metodist o‘qish jarayonida
olgan bilim, ko‘nimalaridan foydalanib, bola bilan ishlash
usullarini ilmiy asoslagan holda, o‘rgatish jarayoniga
ijodkorona
yodashib,
amalga
oshirishi
kerak.
Bola
|