-
194
-
4-§. Bolalarni jismoniy mashqlar bilan amalga
oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish
maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv
quyish,
dush,
cho‘milish)
va
quyosh
vannalaridan
foydalaniladi. Tabiiy omillardan
mujassam holda foydalanish
bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga (nam havo,
yomg‘ir, s hamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi.
Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib
borilganda juda samarali bo‘ladi: faol mushak ishi issiqlik
regulyatsiyasining takomillashuv
jarayoniga va bu bilan
organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi.
Chiniqish jarayoni xilma-xil,
u bir tomondan shifokor
tavsiyasiga ko‘ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh
vannalari)ni o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan kun tartibida
belgilangan sharoitning (xonani muntazam s hamollatib turish,
darchalarning
ochiq turishi, bolalar yengil kiyim-bosh va
poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga
va bolalar harakat
faolligi tartibiga rioya qilish,
derazalari ochiq ayvonda
uxlash).
Bularning
hammasi
organizmning
to‘laqonli
chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o‘zgarishlar paydo
qiladi (asab tizimining holati va vazifasini modda almashinishi
jarayonini,
qon
tarkibini
yaxshilaydi,
nafas
olishni
chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy –
ijobiy holatini vujudga
keltiradi) bola hatti- harakatini bu sharoitga moslashtiradi.
«Uchinchi mingyillikni bolasi» tayanch dasturi barcha yosh
guruhlarda bir yoshdan boshlab
chiniqtirish tadbirlarini
qo‘llashni ko‘zda tutadi. Dasturda chiniqtirish turlari, ularning
o‘tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, shifokor