Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
mashqlar yig’indisi.
Mashqlar taqlid qilish holatida bo’ladi va bolalar uni
obrazli so’zlar va dadil harakatlar bilan so’zlab bajaradilar.
1.
“Cho’zilish”. Bola tarbiyachining yonidan o’ta turib
to’xtaydi, qo’llarini yuqoriga ko’taradi va barmoqlari bilan
tarbiyachining qo’llariga tegishga harakat qiladi (3-5 marta).
2.
“Safda ketayotgan harbiy kabi yurish”- Safda qadam
tashlab yurish-oyoq uchini cho’zib, oyoq kafti bilan erni
bosish. Dastlab qo’llar yonga qisiladi, keyin faol harakatlar
bilan yuriladi. 20-30 sek takrorlanadi.
-
187
-
3.
“Chumchuqdek sakrab yurish”-Chumchuqcha ikki
oyoqlab
yuuradi-“sakra-sakra”.
Qo’llar
yon
tomonga
yoziladi.(20-30 sek). Harakat vaqtida chirqillagan tovush
chiqarish ham mumkin.
4.
“Samolyot uchyapti”- Qo’llar-qanotlar turli tomonlarga
harakatlantiriladi- 20-30 sek bajariladi. Guvillash mumkin.
-
188
-
5.
“O’tinchi”-Qo’lda go’yo bolta turgandek, siz o’tin
yormoqchisi.Oyoqlar kengroq qo’yiladi, qo’llar keng yoziladi
va butun kuchni yig’ib, to’nkaga uriladi. Gavdani pastga egib,
qo’llar oyoqlar orasida turadi. Nafas chiqarayotganda “ih”
deyiladi(10-12 marta).
6.
“Tarozi”-Ikkita
bola
qo’llaringizdan
ushlaydi.
Oyoqlaringiz barmog’iga oyog’i tegib turadi. Bir bola
o’tirganda ikkinchisi turadi, keyin birinchisi turadi va
ikkinchisi o’tiradi. 20-30 sek bajariladi.
7.
“Ayiqqa o’xshab yurish”- Cho’kkalab o’tiriladi, chap
qo’l va o’ng oyoq oldinga qo’yiladi, tizzalar bukilmaydi. 15-
20 sek bajariladi.
|