- 195 - tavsiyasiga ko‘ra bolalarga yakka holda yondashish kerakligi
ko‘rsatilgan. Havo vannalari – bolalar harakat faoliyati vaqtida
havoni terining yalang‘och qismiga bevosita ta’sir etishini
ta’minlaydi. Bunda havo vannasining eng maqsadga muvofiq
va tabiiy ko‘rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari
ochiq xonalarda o‘tkaziladigan ertalabki badantarbiyadir.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ertalabki gimnastika havo
vannasi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada
o‘tkazishda havo harorati asta-sekin har 2-3 kunda kamaytirib
boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu
ish shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘ining ahvoli
va ularning har biriga yakka yondashgan holda amalga
oshiriladi. Bola havo vannalarini avval xonada, keyin
ko‘chada oladi. Havo vannalari sovuq (10-20 S), befarq (23-
30 S) va issiq (30 S dan yuqori) bo‘ladi. Bola sovuq havoga
asta-sekin o‘rgatiladi. Dastlab bolalar ishtonchada 15-20
daqiqa havo vannasini xonada qabul qiladilar. Havo vannasi
olina boshlangandan 10-15 kun o‘tgach, bolani ko‘chaga
yengil kiyintirib chiqarish mumkin. Suv tadbirlari artinish,
belidan suv quyish, dush, cho‘milish (basseyn, daryo, ko‘l,
dengizda) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning bolalarning
uziga xos xususiyatlari va sog‘lig‘ini hisobga olib bergan
tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Suv muolajalarida bolaning faol bo‘lishi maqsadga
muvofiq va zarurdir. Oyoq, qo‘l uchlaridan markazga qarab
massaj harakatlaridan foydalanib bolalar suvi siqilgan ho‘l
qo‘lqoplar yordamida o‘zlari harakat qilishga o‘rganadilar.
Doira yoki yarim doira bo‘lib, turgan holda ular bir vaqtda
ko‘krak, yelka va qo‘llarni ishqalab artadilar, shundan so‘ng