- 197 - Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o‘yinchoqlar
bilan o‘ynash, suv sachratish kichkintoylarga o‘zlari uchun
yangi bo‘lgan suv muhitini o‘zlashtirishda yordam beradi,
axloqiy hislarni uyg‘otadi, jasurlikni tarbiyalaydi. Cho‘milish
yozda, kun issiq paytda, havo harorati 20-25 S, suv harorati
kamida 20-25 S paytida boshlash, ikki haftadan keyin havo
harorati 18-20 S, suvning 15-16 S bo‘lganda cho‘milish
mumkin. Cho‘milish joyini sinchiklab tekshirish, 3-4 bolaning
kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho‘milish,
shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish – bu
muolajalarni o‘tkazishning majburiy shartidir. Cho‘milish
muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi
shifokori belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo
temperaturasi, s hamol, quyoshli yoki bulutli havo va barcha
bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi.
Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir
ko‘rsatib,
uning
umumiy
holatini
mustahkamlaydi,
almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid
(bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatadigan), antiraxit (asab
tizimining faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish
jarayonini
kuchaytiradigan,
suyak
mushak
tizimini
mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini ko‘chaytiradigan va
terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga
ega bo‘lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir. Dastlab
quyoshda ko‘pi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bu muddat
har kuni 5-6 daqiqa oshira boriladi va nihoyat 1 soatga
yetkaziladi. Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panama
kiyib yotishi, har 2-2, 5 daqiqada qorindan yonboshga, so‘ngra
orqasiga, keyin boshqa yonboshiga ag‘darilib turishi lozim.