-
208
-
To‘g‘ri va aniq tuzilgan ishchi dastur talabalarga ushbu
kursni o‘zlashtirishga ko‘maklashadi: bolani va o‘z faoliyatini
taxlil qila olish, kerakli vaziyatlarda bolani tarbiyalash va
o‘rgatish taktika va strategiyasini to‘g‘ri yo‘naltira olish.
Vaholanki, bu talabalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida
uzluksiz pedagogik amaliyot olib borishiga tayyorlaydi. Ishchi
dastur fan komissiyasi majlisida tasdiqlanadi.
2-§.O‘quv faoliyatini o‘tkazish metodikasi
Kurs bo‘yicha uquv faoliyati nazariy, seminar va amaliy
mashg‘ulotlar bilan birga mustaqil ta’lim shaklida o‘tkaziladi.
Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash amaliyot
davomida amalga oshiriladi. Kurs ishi jismoniy tarbiya
dasturidagi
dolzarb
masalalarni
chuqur
o‘rganishga
ko‘maklashadi. Fanni o‘rganish jarayoni “ Jismoniy tarbiya”
kursi, anatomiya, fiziologiya, pediatriya va gigiyena asoslari,
psixologiya, pedagogika kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘langan.
Mashg‘ulotlarning turli shakllaridan foydalaniladi: nazariy va
amaliy bilimlarni tekshirish darsi, muloqot darsi, baxs-
munozara darsi, ijodiy darslar va hk. Kollejlarda aralash
tipdagi mashg‘ulotlar keng qo‘llaniladi. Uning tarkibi:
tashkiliy qism, bilimni mustahkamlash va tekshirish, kasbiy
ko‘nikmalarni shakllantirish, yangi bilim o‘rganish va
o‘zlashtirish, uy vazifasini tushuntirishdan iborat. Qo‘yilgan
vazifalarga qarab tarkibi o‘zgartiriladi. Dars mazmuni turli
shakllarda tushuntiriladi: hikoya, ma’ruza, suxbat. Darsda
talabalar darsliklar, dasturlar va boshqa adabiyotlar bilan
ishlaydilar. Ular reja tuzish, konspekt va tezislar yozish, ota-
onalar balan suxbat o‘tkazishni o‘rganadilar. Bu xolatda
-
209
-
pedagog talabalar oldiga aniq savol va vazifalar qo‘yib, ularni
bajarilishini o‘z vaqtida talab qilishi kerak. Yangi mavzuni
to‘la o‘zlashtirishi uchun ko‘rgazma qurollaridan foydalanish
ko‘maklashadi.
Jismoniy mashqlar texnikasini o‘rgatish jarayonida
pedagog talabalarga xarakat elementalarini va to‘liq xarakatni
o‘zini ko‘rsatishi kerak; bola xarakatlanish faoliyatini
metodikasi,
tashkil
etish
turlari
(jismoniy
tarbiya
mashg‘ulotlari, gimnastika mashqlari, xarakatli o‘yinlar va
hk.). Mashg‘ulotlarda ko‘rgazma qurollaridan (suratlar,
fotosuratlar, plakatlar va h.) jismoniy mashqlar tasvirlangan(
sakrash, uloqtirish, yugurish va hk.), tik turish holatlari; sport
anjomlari; jismoniy tarbiya vosita va metodlarning yoshiga
qarab klassifikatsiya jadvallari, hujjatlar namunalari (reja,
rejalashtirish, konspekt, konsultatsiya, suhbat). Dars davomida
qo‘llanadigan sxema, chertej, rasmlar video vositalar
yordamida namoyish etiladi. Kurs o‘rganish davomida film va
diafilmlar
namoyish
etiladi.
O‘rganish
maqsadida
teleko‘rsatuvlar ham namoyish etiladi. Darslarda talabalar
o‘lchash asboblaridan foydalanishni o‘rganadilar sekundomer,
metronom va hk.). Seminar mashg‘ulotlarida olingan bilim
tekshiriladi va mustahkamlanadi; maxsus adabiyotlar bilan
ishlash, konspektlashtirish; doklad uchun reja va konspekt
tuzish; ota-onalar bilan konsultatsiya va suxbatlar o‘tkazish
o‘rgatiladi; mavzularni og‘zaki aytib berish. Seminarning xar
bir mavzusi bo‘yicha talabalarga adabiyotlar ro‘yxati, aniq
vazifalar, ularni bajarish rejalari va shakli beriladi. Seminar
mashg‘ulotining tashkil etilishi turli bo‘lishi mumkin,
masalan, o‘qituvchi seminar vazifalarini eslatib, o‘tkazish
|