-
223
-
kerak.Nishonni balanlikda joylashgani pastdan: 3 yoshar bola
uchun -1m, 4yoshar - 1m 20sm, 5 yoshar - 1m 50sm, 6 yoshar
- 2m, 7yoshar - 2m 20sm. Otish qulay bo‘lgan qo‘l bilan
bajariladi. Sinovga 6 ta urinish belgilangan, eng yaxshisi qayd
etiladi.
Arqon bilan sakrash. Bola arqonni ikkala qo‘lida ushlab,
arqonga oyog‘i tegmasdan, muvozanatni yo‘qotmasdan
bajarishi lozim, shu talablar bajarilsa to‘g‘ri sakrashlar soni
xisobga olinadi. Sinov 3 urinishda bajariladi. Test 5-7 yashar
bolalar uchun mo‘ljallangan. Test uchun kerakli anjomlar:
sakrash uchun arqon.
Egiluvchanlikni aniqlash sinovlari.
Gavdani oldinga egish. Bola skameyka ustida tik turib,
oldinga qarab, tizzalarini bo‘lmasdan oxirigacha egiladi va shu
xolatda 2 sek. turib beradi. Skameykaning chetida oyoq bilan
bir chiziqda lineyka o‘rnatiladi, bola 0 rakmidan pastroq
egilasa Q ko‘rsatkichi qo‘yiladi, aksincha bo‘lganda –
ko‘rsatgichi. Kerakli anjomlar: Gimnastik skameyka, vertikal
o‘lchash
shkalasi.
Test
3-7
yoshar
bolalar
uchun
mo‘ljallangan.
Psixofizik ko‘rsatkichlarni o‘sishini aniqlash sinovi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun biz V.I. Usachyov
formulasini taklif etamiz: taqdim etilgan sinovlar va
diagnostik metodika: 1) bolalar psixomotor rivojlanishining
xar xil tomonlarini baxolash uchun; 2) motorik va jismoniy
rivojlanish dinamikasini ko‘rish, koordinatsion mexanizmlarni
o‘rnatish va jarayonlarini boshqarish; 3) ushbu vazifalarni
maktabgacha ta’lim muassasalarida amaliyotda qo‘llash uchun
xizmat qiladi.
-
224
-
ASAB JARAYONLARINING BALOG‘AT
DARAJASINI ANIQLASH
Asab jarayonlarining balog‘at darajasini aniqlash uchun bir
nechta usul bor. Eng keng tarqalagani – tepping test. Qog‘oz
varaqasi 6ta teng qismga bo‘linadi va ularga raqam quyidagi
tartibda qo‘yib chiqiladi:
1 2 3
6 5 4
Birinchi to‘rt burchakdan ikkinchisiga qarab ketma ketlik
bilan amalga oshiriladi. Vazifaning maqsadi xar bir
to‘rtburchakga maksimal tezlikda nuqtachalar chizib qo‘yish.
Xarakat tarbiyachining buyrug‘i bilan boshlanadi va to‘xtatiladi.
Sinov 10 sek. davom etiladi. Ushbu vazifaning natijalari asab
tizimining balog‘ati haqida xulosa chiqarish uchun kerak
(bolaning
kuchi,
chidamliligi,
ishchanligi)
1-chi
to‘rtburchakdagi nuqtachalar miqdori asab jarayonlarining
yuqori surati haqida dalolat beradi; boshlang‘ich temp qanchalik
yuqori saqlanib qolinsa, asab jarayonlari shunchalik kuchli
xisoblanadi va chidamli bo‘ladi. Bola shu tempni saqlab qolgan
holda uni oshirsa, bu xolat asab tizimining balog‘ati haqida
dalolat beradi. 1, 3, 5, to‘rtburchaklarda - maksimal temp, 2, 4, 6
larda esa – o‘rta me’yordagi temp saqlansa, bu holat asab
jarayonlarida bir biriga o‘tish haqida dalolat beradi.
Tepping sinov natijalari nafaqat asab tizimining rivojlanishi
haqida, balki bolaning tipologik xarakteristikasini haqida ham
ma’lumot beradi. Tempni bir me’yorda saqlash va kuchaytirish
kuchli
asab
tizimi
ahvoli
haqida
dalolat
beradi,
to‘rtburchaklarda nuqtachalar kamligi, tempning past surati asab
tizimining kuchsizsligi haqida dalolat.
Miya asab tizimining yetilish darajasi, asab jarayonlarining
|