- 69 - harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari,
ko‘rgazmalilik bilan obrazli so‘zning o‘zaro aloqadorligi katta
a hamiyatga ega bo‘ladi. Tushunarlilik va bolalarga yakka
yondashish prinsipi bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini
hisobga olishni hamda shu bilan bog‘liq ravishda uning
kuchiga yarasha topshiriqlar belgilashni ko‘zda tutadi.
Tushunarlilikning asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy
mashqlarni tobora murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola
imkoniyatlari muayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi:
jismoniy tayyorlanganlik me’yorlari bo‘yicha sinash, vrach
tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish. Yakka yondashuv
bolaning o‘ziga xos funksional imkoniyatlarini hisobga
oladigan
alohida
ta’sirlarni
ko‘zda
tutadi
(harakatlarni o‘zlashtirish turlicha kechadi, organizm jismoniy
yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham
turlicha). Yakka yondashuvning maqsadi tug‘ma fazilatlarni
rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash,
zarurat bo‘lganda asab tizimining tipologik xususiyatlarini
maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishdan iboratdir.
Ta’limning frontal, guruh va yakka tartibdagi usullari birligi. Bu prinsip ta’limning turli usullari qo‘llanilgandagi
uyushqoqlikni ko‘zda tutadi: frontal usul qo‘yilgan vazifani
bir vaqtda, ongli va ahil ravishda bajarishni talab yetadi; guruh
usuli mas’ul, mustaqil va o‘zaro yordamni rag‘batlantirishni
talab yetadi; yakka yondashuv usuli tarbiyachining ba’zi
bolalarga zarur yordam berishi va ancha tayyorgarligi bor
boshqa
bolalarga
nisbatan
talabchanlikni
oshirishda
ifodalanadigan rahbarligini talab yetadi. Bu usullardan
birgalikda foydalanish, tarbiyaviy vazifalarni samarali