96
Tovarlar va predmetlarning bojxona nazorati tugaganidan keyin
deklarasiya bojxona nazoratini amalga oshirgan bojxona organi
xodimining shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi.
Shaxsiy raqamli muhr deklarasiya 5-bandining "a" kichik
bandiga va orqa tomoniga qo’yilib, bojxona organi xodimining imzosi
bilan tasdiqlanadi. Deklarasiya 6-bandining "a" kichik bandiga qayd
qilingan yozuvlar yalpi chiziq bilan o’rab qo’yiladi
,
yozuv uchun
nazarda tutilgan barcha bo’sh joylar esa chizib qo’yiladi.
Deklarasiyadagi "Xizmat belgilari uchun" ustuni qo’yidagilar
uchun ishlatilishi mumkin:
- tovarlar va predmetlar olib o’tilayotganida bojxona
organining tegishli shtampini qo’yish uchun;
- bojxona qonunchiligini buzishlarni qayd etish uchun
(bayonnomaning raqami va sanasi);
- bojxona organlari bergan kvitansiyalar va guvohnomalarning
rekvizitlaring (nomlari, raqamlari va sanalarini) ko’rsatish
uchun;
- zarurat bo’lganda chegarada davlat nazoratning boshqa
turlarini amalga oshiradigan boshqa xizmatlarning
(fitosanitariya, karantin) shtamplarini qo’yish uchun.
Yo’qolgan taqdirda deklarasiya tiklanmaydi va uning egasi unda
ko’rsatilgan tovarlar va predmetlarni to’siqsiz olib o’tish huquqini
yo`qotadi.
Dostları ilə paylaş: