Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
unutolmayman... 
— Nima bo‘lgan edi? Biror falokat yuz berganmi-di?— deb so‘radim men undan beixtiyor, uning 
o‘sha kungi mashinani qanday boshqarayotganini eslab. 
— Yo‘q, nima desam bo‘larkin? Falokat yuz bermagan edi! — dedi u bir oz durustroq so‘z tanlab, 
so‘ng kulib yubordi, to‘g‘rirog‘i, o‘zini kulishga majbur qildi.— Hozir bo‘lsa, istagan tomoningizga 
mashinada sayr qildirib kelar edim-u, ammo ko‘rib turibsiz, o‘zim ham yo‘lovchiman... 
— Hechqisi yo‘q, ot bir bosgan izidan ming marta yuradi, deydilar-ku, ehtimol, vaqt-soati kelib, 
yana yo‘lda uchrashib qolarmiz... 
— Agar nasib qilib uchrashib qolsak, albatta o‘zim zo‘rlab kabinaga chiqarib olaman, — dedi u 
boshini silkib. 
— Demak, kelishdikmi? — deb hazillashdim men. 
— So‘z beraman, og‘a! — dedi u xursand bo‘lib. 
— Shunday qilib, nega o‘shanda meni olib ketmagan edingiz? 
— Nega deysizmi? — dedi-yu, shu ondayoq ma’yus bo‘lib qoldi. 
U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgandek jim qolib, papiros tutunini jon-jahdi bilan torta boshladi. Men 
o‘rinsiz savol berganimni payqab qolib, gapni boshqa yoqqa burishga intildim. Biroq vaqt o‘tgandi. U 
papirosini o‘chirdi-da: 
— Ilojim yo‘q edi... O‘g‘limni o‘ynatib olib yurgan edim... — dedi zo‘r-bazo‘r g‘o‘ldirab. 
— O‘g‘limni? — Hayron bo‘ldim men. — Kattaginami u? 
— Yo‘q! — deya jilmaydi u, endi uning ko‘zlari menga tabassum bilan boqardi. — Hali yosh, endi 
beshga qadam qo‘ydi... 
— Nima, u sizni biron joyda kutib turganmidi? 
— Ha, dovonda. 
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? — men hali ham hech narsa tushuna olmayotgan edim. Qiziq, nega 
o‘g‘li u yerda bo‘ladi, umuman, bolaning bu gapga nima aloqasi bor? 
— Bilasizmi... Gap bunday... Sizga qanday tushuntirsam ekan... — deb u peshanasiga sizib 
chiqayotgan ter qatralarini artdi, hayajonini bosish uchun chekdi, so‘ng menga jiddiy tikildi. 
Ana shunday qilib, men shofyorning o‘z taqdiri haqidagi hikoyasini eshitishga muyassar bo‘ldim. 
Lekin u hech kimga, ayniqsa, menga — jurnalistga o‘z hayoti to‘g‘risida batafsil gapirib bermasligiga 
qattiq ishonardim. Keyinroq bilishimcha, bu odam duch kelgan yo‘lovchiga yuragidagi sir-asrorini 
to‘kib soladigan odamlardan emas ekan. Ammo shofyorning boshidan kechirgan sarguzashtlari 
shunday ediki, uning xohishi-istagidan qat’iy nazar, voqeani birma-bir aytib berishga majbur edi. Aks 
holda men hatto Tyan-Shan yo‘lida oramizda bo‘lib o‘tgan arzimas hodisani ham tushunib yetmagan 
bo‘lardim. 
Manzilga yetguncha hali vaqtimiz ko‘p edi. Poezd O‘shgacha deyarli ikki kecha-kunduz yuradi. 
Men uni shoshirmasdim va turli savollar berib gapini ham bo‘lavermasdim. Kishi o‘z kechirganlarini 
qayta boshidan kechirayotgandek his etib, goh so‘zi og‘zida qolib to‘xtab, goh o‘ylanib, entikib hikoya 
qilib bersa — juda maroqli bo‘ladi. Ammo uni hikoyasiga qo‘shilib ketmaslik uchun men o‘zimni zo‘r-
bazo‘r tutib turardim. Chunki men kutilmaganda shuni bilib qoldimki, sharoitga ko‘rami yoki 
o‘zimning har narsaga aralashib ketaveradigan jurnalistlik kasbimga ko‘rami, harholda, shaxsan bu 
yigit haqida bo‘lmasa ham taqdir unga uchratgan, ammo shofyorga uncha tanish bo‘lmagan kishilar 
to‘g‘risida uncha-muncha narsa bilardim. Shuning uchun ham men uning hikoyasini davom ettirishim
ba’zi tafsilotlar bilan to‘ldirishim, unga noma’lum bo‘lgan ko‘p narsalarni so‘zlab berishim mumkin 
edi. (Darvoqe, qissaning ikkinchi hikoyasida xuddi mana shu tafsilotlar bayon etiladi). Ammo men 
buni shofyorning hikoyasini oxirigacha tinglab bo‘lganimdan keyin aytib berishga qaror qildim. 
So‘ngra esa u fikrimdan ham qaytib, unga hech narsa gapirmadim. Shunday qilganim yaxshi bo‘ldi, 
deb o‘ylayman. Nega? Chunki bu tafsilotni keyinroq, qissaning eng oxirida so‘zlab berishni lozim 
ko‘rdim. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin