Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
yig‘ib oldim, ortidan yugurib yetib olmoqchi bo‘ldim, keyin yana orqaga qaytib, asboblarni tezda 
yig‘ishtirib oldimu kabinaga irg‘ib chiqdim va mashinani goh oldinga, goh orqaga zarb bilan haydab 
tebrata boshladim. Faqat birgina narsani — unga yetib olishni o‘ylardim, xolos. Motor esa zo‘r berib 
tirillar, mashina silkinar edi. Biroq u joyidan bir qadam ham siljimasdi. Qiz bo‘lsa borgan sari 
uzoqlashib borardi. Men loyga botib, turgan joyida dirillab aylanib yotgan g‘ildiraklarning ostiga 
qarab: 
— Qo‘yib yubor! Qo‘yib yubor deyapman! Eshityapsanmi? — deb baqirardim, kimga 
qichqirayotganimni o‘zim ham bilmay. 
Jonimning boricha akseleratorni siqdim. Mashina o‘kirib sekin-asta olg‘a siljiy boshladi va 
qandaydir bir mo‘‘jiza bilan botqoqdan otilib chiqdi. O‘zimda yo‘q quvonib ketdim! Mashinani yo‘lga 
chiqarib, ro‘molcha bilan yuzimdagi loyni artdim va sochlarimni silab tartibga soldim. Qizga yonma-
yon kelgach, mashinaga tormoz berdim, bunchalik jur’at qaerdan paydo bo‘ldi menda, o‘zim ham 
bilmayman, o‘rindikda o‘tirgan yerimda yonboshlagancha abjirlik bilan kabina eshigini shartta 
ochdim-da: 
— Marhamat! — deb ehtirom bilan qo‘l uzatdim. Qiz to‘xtamadi. «Ana xolos!» — deya boshimni 
qashiy boshladim. Boyagi jasorat va ehtiromdan asar ham qolmagandi. Men unga yana yetib oldim. Bu 
gal uzr so‘rab, iltimos qila boshladim: 
— Xafa bo‘lmang. Men, axir, shunchaki... O‘tiring. Ammo qiz lom-mim demadi. 
Shunda men uni quvib o‘tib, mashinamni yo‘lga ko‘ndalang qilib qo‘ydim-da, kabinadan sakrab 
tushib, o‘ng tomonga yugurib o‘tdim, eshikni ochib, uni ushlab turaverdim. U, obbo, muncha yopishib 
oldi bu tentak, degandek hadiksirab menga yaqinlashdi. Men hech narsa demadim, nima ham qila 
olardim. Bosh egib kutib turaverdim. Menga rahmi keldimi yoki shunchakimi, haytovur, bir bosh 
chayqab qo‘ydi-da, indamay kabinaga chiqib o‘tirdi. 
Biz yo‘lga tushdik. 
Men indamay o‘tirardim, qanday gap boshlashni o‘ylardim. Qizlar bilan birinchi marta 
uchrashayotganim yo‘q, shunday bo‘lsa ham hozir u bilan gaplashishga yuragim dov bermay turardi. 
Nega shunday-a? Rul chambaragini aylantirar ekanman, unga zimdan qarab qo‘yardim. 
Qop-qora nozik va mayin sochlari qo‘ng‘iroq-qo‘ng‘iroq bo‘lib bo‘yniga tushib turardi. Kamzuli 
esa yelkasidan sirg‘alib tushib ketdi, uni tirsagi bilan tutib turardi, o‘zi bo‘lsa menga tegib ketishdan 
qo‘rqib, nariroq surilib o‘tirdi. Qarashlari jiddiy bo‘lsa ham, umuman, qiyofasidan mehribonlik va 
samimiylik sezilib turardi. Yuzlari oydek, rangi tiniq edi. Peshanasini tirishtirib, chimirilmoqchi 
bo‘lardi-yu, biroq uddalay olmasdi va yo‘l-yo‘lakay ehtiyotkorlik bilan menga qarab-qarab qo‘yardi. 
Ko‘zimiz ko‘zimizga tushib qoldi. U jilmayib qo‘ydi. Ana shundan keyin men gap boshlashga qaror 
qildim. 
— Siz u yoqda, mashina oldida nega to‘xtagan edingiz? — deb og‘zimga kelganini so‘rab qo‘ya 
qoldim. 
— Sizga yordamlashmoqchi edim. 
— Yordamlashmoqchi? — deb kulib yubordim. — Darhaqiqat, yordamingiz tegdi! Agar siz 
bo‘lmaganingizda, kechgacha o‘sha yerda qolib ketgan bo‘lardim... Siz doim shu yo‘ldan yurasizmi? 
— Ha. Fermada ishlayman. 
— Juda yaxshi! — deb quvonib ketdim, ammo dar-rov o‘zimni o‘nglab olib, so‘zimni to‘g‘rilab 
qo‘ydim. — Yo‘l juda yaxshi! 
Xuddi shu payt mashina chuqurlikka tushib qattiq silkingan edi, yelkalarimiz bir-biriga tegib ketdi. 
Men tomoq qirib qo‘ydim, ko‘zlarimni qayoqqa yashirishni bilmay, qip-qizarib ketdim. U esa kulib 
yubordi. Shunda men ham o‘zimni tutib turolmay, xaxolab kulib yubordim. 
— Men bo‘lsam kolxozga bormayman deb yuribman-a, — dedim kulgi aralash. — Agar yo‘lda 
sizga o‘xshagan yordamchi uchrashini bilganimda edi, dispetcher bilan adi-badi aytishib o‘tirmagan 
bo‘lardim... Eh, Ilyos, Ilyos! — deya o‘zimni o‘zim koyidim. — Bu mening ismim, — deb 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin