Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

 
ShOFYoR HIKOYaSI
...Bularning hammasi hech kutilmaganda yuz berdi. O‘sha kezlarda men motorlashtirilgan qismda 
harbiy xizmatni o‘tab bo‘lib, armiyadan endigina qaytib kelgan edim. Harbiy xizmatga borgunimcha 
o‘n yillikni tamomlab, shofyorlik qilardim. O‘zim bolalar uyida tarbiyalanganman. Do‘stim Alibek 
Jonturin mendan bir yil oldin harbiy xizmatdan bo‘shab kelib, Ribachedagi avtobazada ishlayotgan edi. 
Xizmatni o‘tab bo‘lgach, men ham to‘ppa-to‘g‘ri o‘sha avtobazaga keldim. Biz Alibek ikkimiz Tyan-
Shanda yoki Pomirda ishlashni doim orzu qilib yurardik. Avtobazada meni yaxshi kutib olishdi. 
Yotoqxonaga joylashtirishdi. Hatto biror yeri ham lat yemagan yap-yangi «ZIL» mashinasini berishdi. 
To‘g‘risini aytsam, mashinamni odamni sevgandek sevardim. Motori juda kuchli, ajoyib mashina edi. 
Shunday bo‘lsa ham biz unchalik ortiqcha yuk bilan yurmasdik. Tyan-Shan yo‘lini o‘zingiz yaxshi 
bilasiz — bu avtotrassa dunyodagi eng baland tog‘li yo‘llardan biri, qanchadan-qancha daralar, 
dovonlar bor. Tog‘da suv istagancha topiladi, shunga qaramay, hammavaqt ehtiyotdan suv olib 
yurishga to‘g‘ri kelardi. 
Ehtimol, kuzovning oldi burchagidagi ustunchaga osib qo‘yilgan suvli kameraga ko‘zingiz tushgan 
bo‘lsa kerak. Yuk yoz bo‘lsa ham, olis va o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda motor tez qizib, radiator erib 
ketishi hech gap emas. Shuning uchun doim suv olib yurish kerak. Dastlab men ham qanday 
bo‘lmasin, mashinaga ko‘proq yuk ortish choralarini ko‘zlab uzoq vaqt bosh qotirdim. Biroq hech 
nima chiqmadi. Harqalay, tog‘ tog‘ligini qiladi. 
Shunday bo‘lsa ham o‘z ishimdan ko‘nglim to‘q edi. Bu yerning o‘zi ham, tabiati ham menga 
yoqardi. Avtobazamiz shundaygina Issiqko‘lning qirg‘og‘ida joylashgan edi. Bu yerga chet ellik 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
turistlar ham kelib turishardi. Ular ko‘l sohilida sehrlangandek bir necha soatlab tomosha qilib turib 
qolishardi, ana shunday paytlarda men o‘zimcha: «Qarang, Issiqko‘limiz qanday ajoyib! Bunchalik 
go‘zal, bunchalik ko‘rkam manzarani topa olish mumkinmi?..» — deb faxrlanardim. 
Dastlabki kunlarda negadir bir oz siqilib yurdim. Bahor, ishlar qaynagan payt, sentabr Plenumidan 
keyin dastlabki kunlardanoq kolxozchilar qurilish ishlarini avj oldirib yuborishgan edi. Ular butun 
vujudi bilan ishga sho‘ng‘ib ketishdi-yu, ammo texnika yetishmasdi. Shuning uchun ham avtobazadagi 
mashinalarning bir qismini kolxozlarga yordamga yuborishardi. Ayniqsa, ishga yangi kirganlarni, shu 
jumladan, meni ham nuqul o‘sha yoqqa yuborishardi. Trassaga o‘tib, endi yo‘lga ko‘nikdim deganda, 
yana u yerdan olib ovullarga haydashardi. Ishning qanchalik muhim va zarur ekanligini tushunardim. 
Ammo men harholda shofyorman, mashinaga jonim achirdi-da. Mashina emas, balki men o‘zim 
o‘nqir-cho‘nqirlardan sakrab otilib, qishloq bo‘ylab loy kechib borayotgandek bo‘lardim. Yo‘llar 
shunaqangi rasvoki, bunaqasini hatto tushingizda ham ko‘rmagansiz. 
Kunlardan birida yangi molxona uchun kolxozga shifer olib borayotgandim. Bu ovul tog‘ etagida 
joylashgan bo‘lib, unga boradigan yo‘l ham xuddi ana shu tog‘ yonbag‘ridagi dasht bo‘ylab o‘tardi. 
Mashina bemalol borayotgan edi, yo‘l ham selgib qolgan ekan. Biroq ovulga yetay deb qolganimda, 
mashinam birdan qandaydir ariqqa tiqilib qoldi. Bu yo‘l bahordan beri yurilaverib shunchalik ag‘dar-
to‘ntar qilib tashlangan ediki, hatto tuya cho‘kib ketsa ham topib olish qiyin edi. Unday qilib ko‘rdim, 
bunday qilib ko‘rdim, mashinani turli tomonga haydab ko‘rdim — hech narsa chiqmadi. La’nati loy 
uni qa’riga shunchalik tortib ketgan ediki, xuddi qisqichda tutib turgandek, hech qayoqqa 
qo‘zg‘atmasdi. Buning ustiga rulni jahl bilan qattiq burib yuborgan ekanman, mashinaning qaeridir 
shilq etib chiqib ketdi. Yana uning ostiga kirishga to‘g‘ri keldi. Hammayog‘im loyga belanib qora 
terga tushib, yo‘lni og‘zimga kelgan so‘zlar bilan so‘kib yotgan edim, kimningdir shu tomon yurib 
kelayotgan oyoq sharpasini eshitib qoldim. Yotgan joyimdan menga faqat rezina etikkina ko‘rinardi. 
Etiklar yaqinlashib kelib, qarshimda qimir etmay turaverdi. Jahlim chiqib ketdi. Nimani tomosha 
qiladi-ya, tsirk bormi bu yerda!.. 
— Qani, tepamda turma, yo‘lingga ravona bo‘l! — deb qichqirdim mashina ostidan. Eskirib, go‘ng 
tegib iflos bo‘lib ketgan ko‘ylak etagiga ko‘zim tushib qoldi. Nazarimda, allaqanday kampirga 
o‘xshadi, ovulga olib borib qo‘yar, deb kutib turgan bo‘lsa kerak. 
— Yo‘lingdan qolma, kampir! — dedim unga yana. — Bu yerda hali ancha vaqt aylanishib 
qolaman, kutaverib toqating toq bo‘ladi... 
U bo‘lsa: 
— Men kampir emasman! — dedi. 
U bu so‘zlarni qandaydir ishonchsizlik bilan uyalinqirab aytgan edi. 
— Kimsan bo‘lmasa? — dedim achchig‘im chiqib. 
— Qiz bolaman. 
— Qiz bolaman? — deb etiklariga yana ko‘z qirimni tashladim. Jerkib berganligim uchun xijolat 
tortib, buyog‘ini hazilga burdim: 
— Chiroylimisan? — deb so‘radim. 
Etiklar ketishga hozirlanib, chetga qarab odimlay boshladi. Shunda men darrov mashina ostidan 
chiqdim. Qarasam, haqiqatan ham qoshlari jiddiy chimirilgan va kattakon, ko‘rinishidan otasiniki 
bo‘lsa kerak, kamzulini yelkasiga tashlab olgan qizil durrachali, nozikkina bir qiz turibdi. U menga 
jimgina termilib turardi. Men bo‘lsam yerda o‘tirganimni ham, loy va balchiqqa belanganimni ham 
unutib yuborib: 
— Chakki emas! Chiroyli ekansan-ku! — deya uning boshidan oyog‘igacha nazar tashlab chiqar 
ekanman, iljayib qo‘ydim. U haqiqatan ham go‘zal edi: 
— Shu oyoqlaringga tuflichalar bo‘lsami! — deb hazillashdim o‘rnimdan turarkanman. 
Qiz to‘satdan shartta burildi-da, orqasiga qayrilib ham qaramay, jadallagancha keta boshladi. 
Nima bo‘ldi unga? Xafa bo‘ldimi? Hazil-mutoyiba qilib o‘tirishning vaqti emas! Es-hushimni 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin