Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
— Ko‘ryapsanmi, butun yo‘l yoqalari yukka to‘lib ketibdi. Hali yana keladi. Bularni qachon tashib 
ulguramiz? Bu haqda o‘ylayapsanmi? Odamlar bizga ishonib, u yokda kutishmoqda!.. Ularga har bir 
kun g‘animat. 
— Sen bularni nega menga gapiryapsan? Mening bu ishlarga nima daxlim bor? 
— Nima daxlim bor?! Bu nima deganing, yo boshqa mamlakatdan kelganmisan? Yoki bizga 
naqadar muhim ish topshirilganini tushunmaysanmi? 
— Azbaroyi xudo, aqldan ozibsan! — deb ajablanib, o‘zimni chetga oldim. 
Shu payt yashiklar orqasidan ovozlar eshitilib qoldi. Avtobazamiz boshlig‘i Omonjo‘lov ko‘rindi. 
U kamzulining etagi bilan shamolni to‘sib, pana qilib papiros tutatdi-da, so‘ngra indamay 
hammamizga bir-bir nazar tashlab chiqdi. 
Gap mana bunday, o‘rtoqlar, — dedi u, — ministrlikka telefon qylib ko‘raman, balki yordam 
berishar. Ammo bunga orqa qilish kerak emas. Nima qilish kerakligini hozircha o‘zim ham bilmay 
turibman. 
— Buni uddalash qiyin, o‘rtoq Omonjo‘lov! — dedi kimdir. — Yuklar juda og‘ir, qo‘pol, ortishga 
ham, joylashtirishga ham noqulay. Kuzovga ikki-uchtadan ortig‘i sig‘maydi. Mabodo kechayu kunduz 
ishlaganimizda ham, xudoga shukur, ko‘klamgacha yetadigan ish bor. 
— Hamma gap shunda-da, — dedi Omonjo‘lov. — Ammo ilojini topishimiz kerak. Xo‘p, hozircha 
uy-uyimizga tarqalaylik. Sizlar ham o‘zlaringizcha o‘ylab ko‘ring! 
U «Gazik»ka o‘tirib jo‘nab ketdi. Shofyorlardan birontasi ham joyidan qo‘zg‘almadi. Ular negadir 
shoshilmasdilar. Qorong‘i burchakda o‘tirgan allaqanday kishi, hech kimga murojaat qilmay, o‘zicha 
do‘rillab gapirdi: 
— Bo‘lmag‘ur ish! Ikki oyoqni bir etikka tiqib bo‘lmaydi! Bu haqda ilgariroq o‘ylash kerak edi! — 
deb o‘rnidan turib, papiros qoldig‘ini o‘chirdi-da, mashinasi tomon ketdi. 
Uni boshqa shofyor quvvatladi: 
— Bizda doim shu ahvol, ish qistalang keldimi, bo‘ldi, qutqaringlar, jon og‘aynilar, deb darhol 
shofyorlarga osilishgani osilishgan. 
Odamlar unga o‘shqirib berishdi: 
— Bu xalqaro ish-ku, Ismoil, sen bo‘lsang bozorchi shallaqi xotinlarga o‘xshab vaysayapsan-a! 
Men munozara-tortishuvlarga qo‘shilmay turardim. Ammo birdan miyamga bir fikr kelib qoldi: 
dovonda mashinani qanday shatakka olganim yodimga tugndi. Chidab tura olmadim-da, har 
vaqtdagidek qizishib ketib: 
— O‘ylab o‘tirishning nima keragi bor! — deb o‘rtaga otilib chiqdim. — Mashinalarga pritsep 
ulash kerak! 
Hech kim qimir etmasdi. Ba’zilar hatto menga qayrilib qaramadi ham. Bunday fikrni faqat 
telbalargina aytishi mumkin edi. 
Jontoy sekingina hushtak chalib qo‘ydi: 
— Ko‘rdinglarmi! 
Men uning ovozidan tanidim. Turgan yerimda har tomonga alanglayman, bo‘lgan ishni birma-bir 
so‘zlab bergim kelyapti. Ammo qandaydir so‘loqmonday yigit yashik ustidan tushib, qo‘lqopini 
yonidagi sherigiga berdi-da, oldimga yaqin kelib, yoqamdan ushlab, o‘zi tomon tortib: 
— Qani, «uff» de-chi! — dedi. 
— Uff! — deb pufladim men. 
— Kayfi yo‘q! — dedi u yoqamni bo‘shatarkan, hayron bo‘lib. 
— Bo‘lmasa, jinni-minni bo‘lgandirda, — dedi haligi yigitning sherigi uni quvvatlagandek va 
ikkalasi ham mashinalariga o‘tirishib, jo‘nab ketishdi. Boshqalar ham ketishga hozirlanib, o‘rinlaridan 
jimgina qo‘zg‘alishdi. Hech qachon bunchalik kulgi, bunchalik mulzam bo‘lmagan edim! Yer 
yorilmadi-yu, yerga kirmadim. 
— To‘xtanglar! Qayoqqa ketyapsizlar! — deb shofyorlar orasida alanglab, u yoqdan-bu yoqqa 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin