Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim



Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Chingiz AYTMATOV 
 
SARVQOMAT DILBARIM
 
 
Qissa 
 
Asil Rashidov tarjimasi 
 
 
MUQADDIMA O‘RNIDA
Kasbim jurnalist bo‘lganligi sababli Tyan-Shanda tez-tez bo‘lib turishga to‘g‘ri kelardi. Bundan bir 
yarim yil muqaddam, bahor kunlaridan birida meni shoshilinch suratda redaktsiyaga chaqirib qolishdi. 
Bu vaqt men Tyan-Shan oblastining markazi Norinda edim. Avtostantsiyaga yetib kelsam, bundan bir 
necha minut ilgari avtobus jo‘nab ketgan ekan. Navbatdagi mashinani yana besh soatlar chamasi kutish 
kerak edi. Xullas, birorta yo‘lovchi mashinada ketishga urinib ko‘rishdan boshqa iloj qolmagan edi. 
Shu maqsadda shahar chekkasidagi tosh yo‘lga qarab yugurdim. 
Muyulishdagi benzin kolonkasi oldida bir yuk mashinasi turardi. Shofyor mashinaga endigina 
benzin quyib bo‘lgan ekan. Sevinib ketdim. Kabina oynasiga xalqaro qatnov belgisi «511» — «Sovet 
Ittifoqi», deb yozib qo‘yilgan edi. Demak, mashina Xitoydan Ribachedagi chet ellar bilan aloqa 
qiladigan transport avtobazasiga kelayotgan ekan. U yerdan istagan vaqtda Frunzega ketish mumkin 
edi. 
— Siz hozir jo‘naysizmi? Meni ham Ribachegacha olib ketsangiz! — deb iltimos qildim 
shofyordan. 
U o‘girilib, yelkasi osha menga qarab qo‘ydi-da, qaddini rostlab, xotirjamgina: 
— Yo‘q, og‘a, ilojim yo‘q, — dedi. 
— O‘tinib so‘rayman, meni zarur ish bilan Frunzega chaqirtirishibdi. 
Shofyor menga yana xo‘mrayib qaradi. 
— Tushunyapman, ammo xafa bo‘lmang, og‘a. Hech kimni olmayman. 
Men hayron bo‘lib qoldim. Kabinasi-ku bo‘sh, bir kishini olib ketsa nima qilarkin. Shoshilib 
turganimni, nafasim bo‘g‘zimga tiqilib ketayotganini ko‘rib turgan bo‘lsa. 
— Men jurnalistman. Juda shoshilyapman. Istaganingizcha haqini to‘lashim mumkin... 
— Gap pulda emas, og‘a! — deb so‘zimni shartta bo‘ldi shofyor. So‘ngra jahl bilan ballonni tepib 
ko‘rdi. — Boshqa safar bepul ham olib ketaman. Ammo hozir sira ilojim yo‘q. Mendan ranjimang. 
Hademay boshqa mashinalarimiz ham kelib qoladi, xohlaganingizga tushib ketishingiz mumkin, lekin 
men olib keta olmayman... 
Yo‘lda kabinaga birovni olsa kerak, deb o‘yladim va: 
— Kuzovda-chi? — deb so‘radim. 
— Baribir... Kechirasiz meni, og‘ajon. 
Shofyor soatiga bir qaradi-yu, jo‘nashga shoshildi. 
Juda boshim qotib, yelkamni qisib qo‘ydim-da, boyadan beri budka darchasidan bizni jimgina 
kuzatib turgan benzinchi keksa rus ayoliga hayron bo‘lib qaradim. U go‘yo: «Tegmang, uni o‘z holiga 
qo‘ying», — deyayotgandek bosh chayqardi. Qiziq. 
Shofyor kabinaga o‘tirdi va og‘ziga tutatilmagan papirosni qistirib, motorni yurgizib yubordi. 
U hali yosh, o‘ttizlar chamasidagi, bir oz bukchaygan, ammo baland bo‘yli yigit edi. Uning rul 
chambaragini ushlab olgan salmokdor chayir qo‘llari, g‘amgin, o‘ychan ko‘zlari va charchab-
horiganidan salqib ketgan qovokkari xotiramda saqlanib qoldi. Yo‘lga tushishdan oldin u yuzini kafti 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin