Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
22
oldidan sportchilarda g‘alabaga zo‘r ishonch kuchi paydo bo‘lganidek, menda ham hozir xuddi 
shuningdek mo‘jizakor kuch jo‘sh urardi. O‘ylagan fikrimni sinab ko‘rish, maqsadga erishish, 
mashinani manzilga yetkazishda ularga yordamlashishdan bo‘lak maqsadni ko‘zlamasdim. Ammo buni 
amalga oshirish oson ish emas ekan. 
Ostimdagi mashina qalt-qalt titrab, zo‘riqib, so‘nggi kuchlarini sarflamoqda edi. Nam havo kabina 
oynalariga urilib, uni xiralashtirar, tozalov cho‘tkasi zo‘rg‘a artib ulgurardi. Qayoqdandir bulutlar 
yopirilib kelib, naq g‘ildiraklar ostida o‘rmalashib, yo‘l uzra suza boshladi. Yo‘l ham muyulishlarda 
tikka ko‘tarilib keskin burilib ketardi. Qayoqdagi ishni boshlab qo‘yganim uchun o‘zimni o‘zim koyiy 
boshladim: odamlarga shikast yetkazib qo‘ymasam edi. Mashinadan ko‘ra o‘zim ko‘proq qiynalib 
ketdim. Ust-boshimni: shapka, fufayka, kamzul, to‘r ko‘ylagimni — hammasini yechib tashladim. 
Birgina ko‘ylaqda o‘tiribman-u hammayog‘imdan xuddi hammomda o‘tirgandek bug‘ ko‘tarilardi. 
Hazil ishmi: shatakdagi mashinaning o‘zi qancha-yu, ustiga-ustak yana ozmuncha yuki bormi, 
yaxshiyamki, Boytemir zinada turgandi. Menga ovoz bilan orqadagiga imo-ishora qilib, harakatni 
boshqarib borardi. Qing‘ir-qiyshiq, past-baland yo‘llar bo‘ylab tirmashib, o‘rmalab borarkanmiz, 
hoynahoy falokatdan o‘zini saklab qolish uchun sabr-toqati chidamay, oxiri sakrab tushib qolsa kerak, 
deb o‘ylagan edim. Aksincha, u qimir ham etmadi. Tog‘ tepasiga qo‘ngan burgutdek mahkam 
o‘rnashib olib, kabinaga yopishib turardi. Unga qaradim: yuzlari go‘yo toshdan yo‘nilgandek 
osoyishta, suv tomchilari betlaridan, mo‘ylovidan sirqib tushib, ko‘ngli yengil tortayotgandek edi. 
Biz yana bir katta qiyalikdan oshsak, marraga yetardik. Shu payt Boytemir derazaga engashib: 
— Ehtiyot bo‘l, oldinda mashina kelyapti! O‘ngroqqa ol, — dedi. 
Men mashinani o‘ngroqqa oldim. Tog‘ tepasidan yuk mashinasi tushib kelayotgan edi. Jontoyniki! 
Endi tamom, xavfsizlik injeneri rosa boplaydigan bo‘ldi: Jontoy chaqib beradi. U borgan sari 
yaqinlashib kelmoqda edi. Rulga yopishib olgan, xo‘mraygancha pastga tomon tushib kelardi. 
Biz yonma-yon kelib qoldik. Kabina derazalari ro‘baro‘ kelganda Jontoy o‘zini orqaga oldi va 
mallarang tulki tumoqli boshini ta’naomuz tebratib qo‘ydi. «He, iblis! Tiling qichigan bo‘lsa, 
og‘zingga siqquncha gapiraver!» — deb o‘yladim ichimda. 
Tepalikka ham chiqib oldik, yo‘l pastga tomon juda qiyalab ketardi, dovondagi ana shu so‘nggi 
marrani ham qo‘lga kiritsak, yo‘l tuzatish uchastka hovlisiga burilamiz. Mashinani o‘sha tomonga 
burdim. Harholda sudrab olib keldimku! Motorni o‘chirdim, qulog‘imga hech narsa kirmasdi. 
Qulog‘im bitib qolibdi. Nazarimda, men emas, balki butun borliq chuqur uyquga cho‘mgandek bo‘ldi. 
Churq etgan ovoz yo‘q, Boytemir yerga sakrab tushgandagina qulog‘im eshita boshladi. Kabinadan 
arang sudralib chiqdim va shu zahotiyoq zinaga o‘tirib qoldim. Nafasim qisilardi, madordan ketgan 
edim, buning ustiga dovonning havosi siyrak edi. Boytemir yugurib keldi-da, yelkamga fufaykani 
tashlab, boshimga shapkani bostirib kiygizdi. Narigi mashinadan rangi oqarib, dami ichiga tushib 
ketgan haligi shofyor ham sekingina oqsoqlanib kelaverdi. U oldimda cho‘qqayib o‘tirdi-da, sigareta 
uzatdi. Qo‘llarim qaltirab, sigaretani oldim. Hammamiz chekib olganimizdan so‘ng o‘zimizga keldik. 
Menda yana o‘sha la’nati yovvoyi kuch jo‘sh urib ketdi. 
— He-e, qalay! — dedim men. — Ko‘rdingmi! Shofyorning yelkasiga bir tushirgandim, u o‘tirib 
qoldi. So‘ng uchovimiz ham o‘rnimizdan sakrab turdik-da, bir-birimizning orqamizga, yelkamizga 
tushira ketdik. O‘zimiz esa qahqahlab kulib, allanimalar deb quvonch bilan qichqirib, baqirishib 
to‘polon ko‘tardik... Nihoyat tinchlanib, yana cheka boshladik. Men kiyimlarimni kiyib, soatimga 
qaradim-u ketishim kerakligi «lop» etib esimga tushib qoldi. 
— Xo‘p, men borayin! — dedim. Boytemirning qovog‘i osildi: 
— Yo‘q, uyga kiramiz, mehmonimiz bo‘lasan! — dedi. 
Mening esa biron daqiqa ham vaqtim yo‘q edi. 
— Rahmat! — deb minnatdorchilik bildirdim. — Ilojim yo‘q. Uyimga kirib o‘tmoqchiman, 
xotinim kutib o‘tirgandir. 
— Qola qolsang nima bo‘lardi? Bir shishani qoqib tashlardik, — dedi ko‘ndirmoqchi bo‘lib yangi 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin