Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc



Yüklə 394,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/67
tarix06.07.2023
ölçüsü394,69 Kb.
#135947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
30
o‘rmalab chiqish demakdir. Oldinga — yuqoriga — orqaga, yana ilgariga — oldinga — orqaga, yana 
va yana... Ammo o‘ylab o‘tirishga vaqt yo‘q, qor gupillab urib turibdi. 
Motorni yurgizdim. Mashina qattiq o‘kirib, balandlik sari qo‘zg‘aldi. Tishimni tishimga qo‘yib, 
tinimsiz ravishda ilonizi yo‘llarni asta-sekin bosib o‘taverdim. Nihoyat, tepalikka ham chiqib oldim. 
Endi tik qiyamalik, yo‘l tuzatuvchilar uchastkasiga burilib ketadigan muyulishga qadar bir tekis 
nishablik, undan keyin esa dovonga so‘nggi hujum boshlandi. Bir amallab pastga tushib oldim va to‘rt 
kilometrcha cho‘zilib yotgan to‘g‘ri yo‘ldan mashinani yeldek uchirib borib, yuqoriga ko‘tarila 
boshladim. Mana, u olg‘a intilib tobora yuqorilashib bormoqda... Ammo boyagi tezlab kelayotgani 
ko‘pga bormadi, tezlik borgan sari pasaya bordi. Motorni ikkinchi, so‘ngra birinchi tezlikka qo‘yib 
haydadim. Rulni mahkam ushlagancha, o‘zimni orqaga tashladim. Bulut parchalari orasidan yulduzlar 
mo‘ralashib qarashardi. Mashina joyidan qimir etmas va u yog‘iga tortolmasdi. G‘ildiraklar bir yerda 
g‘irillab aylanib, chetga surilardi, men akseleratorni jon-jahdim bilan bosdim. 
— Qani, yana! Yana ozgina! Qimtib yubor! — deb qichqirib yubordim. 
Cho‘zib-cho‘zib ingrayotgan motor titrab-qaltirab dirillay boshladi-da, birdaniga o‘chdi-qoldi. 
Mashina sekingina orqaga keta boshladi. Jonholatda tormoz berdim, to‘xtamadi. Pritsepning og‘irligi 
bilan borgan sari tezroq sirg‘alib, pastga tomon g‘ildirab tu-shaverdi, nihoyat, mashina qoyaga urilib, 
taqqa to‘xtadi. Hammayoq jimjit bo‘lib qoldi. Kabina eshigini ochib, tashqariga qaradim. Xuddi 
o‘ylaganimdek! Padariga la’nat! Pritsep yo‘l yoqasidagi ariqqa tushib ketgan edi. Endi uni hech 
qanday kuch bilan chiqarib bo‘lmasdi. O‘zimni yo‘qotib, dovdiraganimcha, yana motorni yurgizdim, 
zo‘r berib mashinani oldinga qarab hayday boshladim. G‘ildiraklar o‘z o‘rnidan qo‘zg‘almay g‘irillab 
aylanardi. Mashina bor kuchi bilan ilgariga qarab intildi, butun tanasi dirillab ketdi-yu, ammo joyidan 
siljimadi. Men mashinadan sakrab tushdim-da, pritsepga tomon chopib bordim. Uning g‘ildiraklari 
ariqqa chuqur botib ketgan edi. Nima qilish kerak? Boshim qotib qolgan edi, g‘azab bilan pritsepga 
otildim, uning g‘ildiragini qo‘llarim va butun gavdam bilan itara boshladim. So‘ngra kuzovning ostiga 
kirib boshim sirqirab og‘rib ketgunicha yirtqich hayvon singari bo‘kirib, pritsepni yelkam bilan yo‘lga 
surib chiqarishga urinib ko‘rdim, ammo qayoqda deysiz! Holdan toyib, yo‘lga yuztuban yiqildim va 
qor aralash loyni quchoqlab alamimdan yig‘lab yubordim. Keyin o‘rnimdan turdim-da, 
gandiraklaganimcha mashina zinasiga kelib o‘tirdim. 
Yiroqdan. motorning guvillagan ovozi eshitildi. Ikki chiroqcha balandlikdan pastdagi tekis yo‘lga 
yog‘du sochib tushayotgan edi. Bu shofyorning kimligini va yarim tunda taqdir uni qayoqqa va nima 
uchun haydayotganini bilmasdim, ammo bu chiroqlar go‘yo meni quvlab yetib, ushlab oladigandek 
seskanib ketdim. Qaroqchi singari pritsep ilgagiga qarab yugurdim, uni mashina bilan ulab turgan 
metall o‘qni sug‘urib olib, chetga uloqtirdim va kabinaga irg‘ib chiqib, pritsepni ariqda 
qoldirganimcha, mashinani yuqoriga qarab yeldek uchirib ketdim. 
Qandaydir tushunib bo‘lmaydigan dahshatli qo‘rquv ta’qib etardi meni. Orqamdan kelayotgan 
mashina nazarimda xuddi izma-iz quvib yetib kelayotgandek tuyulardi. Mashinani shunchalik tez 
haydardimki, azbaroyi yo‘lni yod bilganimdan biron yerga urib ham olmadim. Agar ko‘zlarimni 
bog‘lab qo‘yganlarida ham xuddi shunday qilgan bo‘lardim. 
Tongotarda dovondagi bazaga yetib keldim. Nima qilayotganimni o‘zim ham anglamay, aqldan 
ozgan kishidek, eshikni musht bilan qoqa boshladim. Eshik lang ochildi. Asalga qaramay, boshdan-
oyoq loyga belanganimcha uyga kirdim. Entikkanimcha allaqanday bir nam narsaning ustiga o‘tirdim. 
Bu kursi ustiga uyib qo‘yilgan kir uyumi ekan. Papiros olish uchun qo‘limni cho‘ntagimga tiqqan 
edim, qo‘limga mashina kalitlari ilindi. Men uni jahl ustida kuchim boricha chetga uloqtirdim va 
boshim «shilq» etib tushdi, urib po‘la qilib tashlangandek, tinka-madorim qurib, shalpayganimcha 
o‘tirardim. Ko‘zlarim polda. Stol yonida Asal o‘z og‘irligini yalang oyoqlarining dam unisiga, dam 
bunisiga solib turardi. Unga nima ham deya olardim? Asal polda yotgan kalitlarni olib, stol ustiga 
qo‘ydi. 
— Yuvinib olasizmi? Kechqurun suv isitib qo‘yganman, — dedi u sekingina. 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Yüklə 394,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin