www.ziyouz.com kutubxonasi
164
fisqi fasodlar tarqala boshladi. Men bu yerda hech narsani bilmaganday o‘tirsam ham le-
kin hamma gapdan xabardorman. Masalan, kazarmalardagi ofitserlardan, qahvaxonalar-
dagi do‘kondorlardan tortib to idodiya maktabidagi yuqori sinf talabalarigacha sizni tani-
magan, sizdan gapirmagan odam yo‘q emish. Bu to‘g‘rida kim haq, nima sabab bilan
gap ochganim masalasiga kelsak, buning ham ikkita boisi bor, qizim. Avvalo, yaxshi,
odobli qiz bo‘lsangiz ham, lekin tajribasizsiz. Biz odamlarning yaxshi-yomonini biladigan
yoshga yetib qolganmiz. Shuning uchun sizga onalik, opalik qilish burchini uhdamga ol-
moqchi bo‘ldim. Qolaversa, maktabimizning sha’ni masalasi ham bor, shunday emasmi,
qizim?
Mudira xonim yuzimga qaramasdan ikkilanib davom qildi:
— Maktab ham machit singari tabarruk joy. Uni g‘iybatlardan, tuhmatlardan va
boshqa kir-dog‘lardan saqlash bizning eng muhim burchimizdir. Shunday emasmi,
qizim? Qurib ketgur shu xunuk gap-so‘zlar, afsuski, maktab sha’niga ham tegyapti.
Kechqurun qizlarini, singillarini olib ketish uchun maktab eshigiga keluvchi otalar, aka-
larning qanchalik ko‘payib ketganligiga razm solmadingizmi? Ehtimol, siz bunga diqqat
ham qilmagandirsiz. Lekin men yaxshi bilaman. Ular qizlarini yo singillarini olib ketish-
dan ko‘ra ko‘proq sizni ko‘rish niyatida keladilar. Bir kuni kambag‘al o‘quvchi qizlarimiz-
dan birining sochini o‘rib, uchiga kichkina lenta bog‘lab qo‘yibsiz. Bilmayman, qaerdan
bildi ekan, bir esi past leytenant qizchaga pul berib, lentasini tortib olibdi! Hozir o‘sha
lentani ora-sira ko‘kragiga taqib olib: “Endi meni generallissimus deyishlaring kerak,
chunki bu ordenni Gulbashakardan olganman!” — deb o‘rtoqlari bilan hazillashib yurar-
mish.
Kecha darvozabon Mehmet og‘a bir g‘alati xabar aytdi. Ilgari kuni kechasi qovoqxona-
dan kelayotgan bir to‘da mast maktab eshigining oldida to‘xtabdi, shulardan biri: “Men
devordagi mana shu qoratoshga Gulbashakarning qo‘li tekkanini ko‘rganman. Kelinglar,
xudo haqqi, shu toshni avliyo tosh deb ko‘zlarimizga surtaylik!” — debdi. Ko‘rib turibsiz-
ki, qizim, bu narsalar o‘zingizning ham, maktabingizning ham sha’niga hech to‘g‘ri kel-
maydi. Yana shunisi qiziqki, bular ham yetmagandek, yana bitta xunuk ish qilgansiz: Ab-
durahim poshoning uyida kapitan Ehsonbek bilan gaplashgansiz. Xonim afandining takli-
fini qabul qilganingizda ham boshqa gap edi, birov buni og‘izga olib o‘tirmasdi. Lekin
yosh yigit bilan gaplashganingiz, keyin esa unga tegish taklifini rad etganingiz gap-
so‘zga sabab bo‘ldi. “Shunday Ehsonbeygaki unamabdi, demak, u boshqani yaxshi ko‘ra-
di! Ajabo, kim ekan u?” qabilida har xil gaplar yuribdi.
Bu so‘zlarni qimirlamay, javob qilmay o‘tirib eshitdim. Mudira xonim boshida mening
e’tiroz va isyonimdan qo‘rqqan bo‘lsa, endi, aksincha, sukutimdan vahimaga tusha bosh-
ladi. Nihoyat, yuragi dov urmay so‘radi:
— Bularga nima deysiz, Farida xonim?
Sekin xo‘rsinib, o‘yga cho‘mib turib javob qildim:
— So‘zlaringizning hammasi to‘g‘ri, mudira xonim. O‘zim ham zimdan sezib yurardim.
Bu shinam shaharni tashlab ketishga ko‘zim qiymaydi, lekin nachora? Ministrlikka xat
yozsangiz. Biron sabab ko‘rsatib, meni boshqa yerga ko‘chirishlarini iltimos qilsangiz. Bu
masalada menga qiladigan eng katta odamgarchiligingiz va rahmu shafqatingiz shu
bo‘ladi. Xatda asl sababni ko‘rsatmay, boshqa bahonalar keltirasiz. Mayli “tajribasiz”
deng, “qo‘lidan ish kelmaydi” deng, “johil” deng, “osiy” deng, nima desangiz deng, mu-
dira xonim, sizdan xafa bo‘lmayman. Ishqilib, shaharda gap-so‘z bo‘lgani uchun xohla-
mayman, demasangiz bo‘ldi.
Mudira xonim churq etmay o‘ylar edi. Ko‘zlarimga chiqqan yoshlarni ko‘rsatmaslik
uchun deraza tomonga o‘girilib oldim. Ufqda, kechki ko‘kish osmon tagida pag‘a-pag‘a
tutunlarga o‘xshagan tog‘larni tomosha qila boshladim.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |