www.ziyouz.com kutubxonasi
161
qarab olardi. Lekin men u hodisadan bexabarday, o‘zini endi ko‘rayotganday gaplashib
turaverdim.
Bir ozdan so‘ng Narima xonim ikkalamiz uyga qaytdik. Boyoqish xotin yuragi chop-
mayroq gap boshladi:
— Farida xonim, Ehsonni, albatta, tanigandirsiz?— dedi.
Ana xolos, maktab bog‘idagi voqeadan bu ham xabardor ekan-da?
Men parvosizgina qilib:
— Ha, — deb qo‘ya qoldim.
— Balki ko‘nglingizga biron gap kelar, shuning uchun to‘g‘risini aytib beray, xonim
afandi. Ehson o‘rtoqlari bilan garov o‘ynashgan ekan. Yoshlik-da, afandim, shunaqa
bo‘ladi.
Ajablanib lablarimni burishdan o‘zimni tutolmadim.
— Nima deb garov o‘ynashadi, afandim?
Narima xonim qizarib ketdi, xijolatpazligini yashirish uchun kuldi.
— Xonim afandim, maktabdan qaytib kelayotganingizda ofitserlardan ba’zilari sizni
ko‘rishgan ekan, juda ham go‘zal deb maqtashibdi. Biz istambullikmiz, shuning uchun bu
yerliklar singari bu xil gaplarni haqorat deb hisoblamaymiz, shunday emasmi, go‘zalim!
Ana shundan keyin Ehson “Har nima qilib bo‘lsa ham shu muallima xonim bilan gapla-
shaman”, deb garov o‘ynabdi. Shu kuni jirkanmasdan mardikorlardan birining kiyimini
kiyib borib garovni yutibdi. Qiziq, a?
Men javob bermadim. Bechora Narima xonim so‘zlarining menda qoldirgan taassuroti
qanchalik sovuq ekanini yaxshigina anglardi.
Bugungi taajjub komediyaning so‘nggi pardasi yana tepadagi mehmonxonada o‘ynal-
di. Ehsonbey bilan ko‘rishganim xabari u yerga mendan oldin yetib kelibdi. Buni hamma
qatnashchilarning yuzlari ko‘rsatib turardi.
Uy bekasining maxfiy ishorasi bilan mehmonxonadagilar sekin-sekin chiqib ketishdi.
Faqat Narima xonim qoldi.
Xonim afandi bir oz ikkilanib turgandan so‘ng:
— Ehson qalay ekan, xonim qizim? — deb so‘radi.
— Yaxshigina yigitga o‘xshaydi, xonim afandim, — dedim.
— Yuzi ham chiroyli, o‘zi ham o‘qimishli, — dedi u mening javobimdan keyin. — Hozir
martabasini ko‘tarib, Bayrutga yuborishyapti.
— Qanday yaxshi! Haqiqatan chiroyli, yoqimli yigit. Ilmi ham, siz aytganday, mukam-
mal ko‘rinadi, — dedim.
Ona-bola bir-biriga yalt etib qarab olishdi. Bu gapimga ham hayron qolishar, ham xur-
sand bo‘lishardi.
Xonim afandi qiqirlab kuldi.
— Xudo umringga baraka bersin, qizim, mushkulimni oson qilding, — dedi. — Men
Ehsonni chaqaloqligidan emizib, o‘zim katta qilganman. Farida xonim qizim, yosh qizlar
bilan ochiq-ochiq gaplashib bo‘lmaydi, lekin siz, xudoga shukur, es-hushi joyida, farosat-
li qizsiz. Albatta, hamma narsa xudoning irodasi bilan bo‘ladi. Men sizni Ehsonga olib
bersam, devdim. Sizni juda yoqtirib qolibdi. U ham sizga manzur tushgan bo‘lsa, insho-
olloh, baxtli bo‘lasiz. Ehsonni bir oygina otpuskaga chaqirib olib, to‘ylaringizni shu yerda
o‘tkazamiz, xo‘pmi? Keyin Bayrutga birga jo‘naysizlar.
Bog‘da boshlangan komediyaning oqibati nima bo‘lishini allaqachon sezgan edim.
Chindan ham kulgili narsa: begona yerda meni qariyb tanimagan kishimga olib berish-
moqchi! Shu dam birdan yuragimga mung to‘ldi, negaligini bilmayman. Lekin kayfim
chog‘ligini bildirmaganim singari, yuragimdagi bu mungni ham sezdirmasdim.
— Xonim afandi, joriyangiz uchun bu nihoyatda katta sharaf. Sizga ham, Ehsonbeyga
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |