Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə169/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
Burhoniddinbey: 
— Bizning burchimiz mehmon nima buyursa, nima xohlasa shuni qilishdir. Siz 
mehmonlarning yoniga tushing, Farida xonim picha betob bo‘lib qoldilar deb ayting, 
Mengnoz xonim, bizning ovqatimizni shu yerga keltiring. Mehmonimni yolg‘iz qoldirmas-
likni o‘zimning burchim deb bilaman. 
Men bu gapni eshitib, jinni bo‘lib qolayozdim. Uyda Burhoniddinbey bilan yolg‘iz 
qolay? U bilan o‘tirib ovqat qilay! 
Nima qilayotganimni bilmasdan, buning ma’nosiga ham bormasdan sakrab kursidan 
turdim-u, jonimning boricha: 
— Juda soz, xohlaganlaringiz bo‘lsin! — deb qichqirdim. 
Nazmiya nishonlisi bilan oldinda bordi. Burhoniddinbey esa mendan bir odim orqada 
keldi. 
Qorong‘i tashqarining etagida bitta eshik ochildi. O‘tkir yorug‘ ko‘zlarimni birdan 
qamashtirdi. Shiftdan to‘kilib turgan kuchli yorug‘da gandiraklab bir necha odim yurdim. 
Devorlarda oynaklar porillar, bular mehmonxonani hadsiz-hisobsiz uzaytirib ko‘rsatardi. 
Qandillar esa qorong‘ida chopib ketayotgan mash’allar singari uzoq-uzoqlarga ketardi. 
Nima bo‘ldi menga? Xuddi tushdagi singari juda ko‘p ko‘zlarni, erkak va ayollarning 
xira, bulg‘anch yuzlarini ko‘ryapman. Keyin birdan dahshatli qarsaklar yangradi. Ovozlar 
musiqa sadolarini bosib guvillar, kuchayar, tog‘ shamoliday uzoq-uzoqlarga guldirab ke-
tardi. 
— Yashasin Burhoniddinbey! Yashasin Gulbashakar! Yashasin Gulbashakar! Gulbasha-
kar!.. 
* * * 
Ko‘zlarimni ochib, o‘zimni Munisaning qo‘llarida ko‘rdim. Kichkinam: “Opajonim! Opa-
jonim!” deb yig‘lar, yuzini yuzimga bosib, ho‘l sochlarimni, atir achishtirgan ko‘zlarimni 
o‘pardi. Ust-boshim jiqqa ho‘l edi. Olaqorong‘i xonada juda ko‘p ko‘zlar menga tikilib tur-
ganini his etardim. Birinchi qilgan harakatim ochiq bo‘ynimni qo‘llarim bilan yopish 
bo‘ldi. 
Notanish bir tovush: 
— Tashqariga chiqing, iltimos qilaman, tashqariga chiqing! — deb baqirardi. 
Xiyol to‘lg‘anib o‘rnimdan turmoqchi bo‘ldim, lekin bir qo‘l yelkamdan ushladi. 
— Qo‘rqma, qizim, qo‘rqma, hech nima bo‘lgani yo‘q,— dedi. 
Kipriklarimni xiyol ochib, bu so‘zni so‘ylagan kishining yuziga qaradim. U hamisha 
mundirining oldi ochiq yuradigan semiz qo‘log‘asi edi. U ham menga qaradi, ke- yin 
yonidagi kishiga o‘girilib: 
— Bechora, chindan ham yosh bola ekan, — dedi. 
Nazmiya yonimda cho‘kkalab olib, panjalarimni uqalar: 
— Faridaginam, hushingga keldingmi? Bizni biram qo‘rqitib yubordingki! — deyardi. 
Yuzini ko‘rmaslik uchun boshimni teskari o‘girib, ko‘zlarimni yumib oldim. 
Keyin bilsam, hushimdan ketibman-u, chorak soatcha o‘zimga kelmabman. Atir sepi-
shibdi, jun yoqib hidlatishibdi, hech bir narsa kor qilmabdi. Axiri umidlarini uzib, shahar-
dan doktor keltirgani arava ham tayyorlab qo‘yishibdi. 
O‘zimga kelganimdan keyin meni o‘sha aravada shaharga jo‘natishlarini iltimos qil-
dim. Yo‘q deyishsa, kechasi bo‘lganiga qaramay, yayov jo‘nashdan ham toymasligimni 
aytdim. Chor-nochor rozi bo‘lishdi. Semiz qo‘log‘asi paltosini kiyib, aravakashning yoniga 
chiqib oldi. 
Jo‘nash paytimizda Burhoniddinbey o‘ng‘aysizlanib yonimga keldi-da, yuzimga 
qarashga yuragi betlamay: 
— Farida xonim, siz bizni juda xato tushundingiz, — dedi. — Ishoning: hech kimning 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin