Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə168/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
rifi oliyalarini ko‘rib, padari buzrukvorimizning so‘zlarini bir karomat deb bildim. 
Burhoniddinbeyning bu so‘zlarini xushomad deb tushunish kerakdir. Lekin uning bu 
boqqa qanaqa aloqasi bor? 
Men ajablanib Nazmiyaga qaradim, undan izoh kutardim. Lekin u menga qaramas, 
ko‘zlarini yerdan ko‘tarmas edi. Shu damgacha men bog‘ning egasi deb bilgan xotin Mu-
nisani qo‘lidan yetaklab olib chiqib ketdi. 
Shu yerda yarim soatdan ortiqroq valaqlashib o‘tirdik. To‘g‘rirog‘i, ularning o‘zlari va-
laqlashdi. Chunki menda gapirish u yoqda tursin, gapni eshitishga ham majol qolmagan 
edi. Qo‘rquv ombur singari qalbimni qisar, nafasimni bo‘g‘ar, miyamni karaxt qilib borar-
di. Hech narsa tushunmas, hech narsa sezmas, inida hujumga uchragan jonivor bolasi-
ning idroksiz qo‘rquvi bilan burchakka tiqilib, shumshayib o‘tirardim. 
Pastda birov g‘ijjak chala boshladi, keyin g‘azal o‘qildi. So‘ngra yo‘g‘on va ingichka 
ovozlar aralashib bir necha ashula aytdi. 
Nazmiya bilan nishonlisi divanda yonma-yon o‘tirishar, sekin-sekin surilishib bir-biri-
ning qo‘yniga kirib borishardi. Ularga orqamni o‘girib oldim. Naqadar hayosiz odamlar-a! 
Kinolarda ko‘rsatiladigan pastkash ishq sahnalaridan birini ikkita begona oldida sira uyal-
miy, zarracha tortinmay o‘ynashsa-ya!.. Ha, bular juda yomon, hayosiz odamlar! 
Semiz xotin stolga bir necha shisha, ovqat tuzalgan patnis keltirib qo‘ydi. Burhonid-
dinbey qo‘llarini cho‘ntaklariga solib olib, u yoq-bu yoqqa yurar, ora-sira bizga orqasini 
qilib stol oldida to‘xtar edi. Shu yurishlarning birida mayor oldimda to‘xtaganini, sekingi-
na egilganini ko‘rdim. 
— Lutfan qabul qilmaydilarmi, kichik xonim? — dedi. 
Men hayrat bilan ko‘zlarimni ko‘tardim. Qo‘lidagi kichkina qadahda yoqut singari qip-
qizil ichimlik porladi. Boshimni chayqab rad etdim. Keyin past ovoz bilan: 
— Xohlamayman, — dedim. 
U yana ham ko‘proq egildi, issiq nafasi yuzimga urildi. 
Zarar qilmaydi, kichik xonim. Dunyoning eng nozik, eng xushhazm likyori. Shunday 
emasmi, Nazmiya xonim? 
Nazmiya boshini chayqadi. 
— Majbur qilmang, Burhoniddinbey. Farida bu yerda o‘z uyida o‘tirganday o‘tiraversin. 
Ko‘ngli xohlaganini qilsin. 
Burhoniddinbeyning oqara boshlagan sochlari, mo‘min va kibor chehrasi shu damga-
cha menga mubham bir ishonch berib kelgan edi. Endi undan ham qo‘rqa boshladim. Yo 
olloh, boshimga yana qanday balolar tushdi? Qaerga kelib qoldim? Endi qanday qutula-
man? 
Uydagi chiroqlar sekin-sekin o‘cha bordi. Ko‘zlarimga cho‘kkan bu qorong‘ilik ichida 
mayda uchqunchalar uchishadi, musiqa sadosi quloqlarimga uzoq-uzoqlardagi dengiz 
o‘kirigidek eshitiladi. 
— Oppoq qizim, ovqat mahali keldi, pastda bir necha mehmonimiz bor, sizni kutib 
o‘tirishibdi. 
Bu so‘zlarni o‘sha semiz xotin kelib aytdi. Men hushimga kelganday bo‘ldim. 
— Rahmat. Tobim qochibroq turibdi, meni qo‘ya qoling, — dedim. 
Nazmiya turib yonimga keldi. 
— Faridaginam, xudo haqqi, yot kishilar yo‘q. Faridun bilan Burhoniddinbeyning bir-
ikkita oshnasi, keyin ulardan ba’zilarining nishonlilari, xotinlari, ha, xotinlari, xolos. 
Chiqmasang ayb bo‘lar, axir ular seni deb kelishgan. 
Bilaklarimni Nazmiyaning qo‘lidan chiqarishga tirishar, kursining suyanchiqlariga tir-
mashib, o‘zimni burchakka urardim. So‘z og‘zimga kelmas edi. Tishlarimni mahkam siqib 
olmasam, bir-biriga urilib takirlay boshlardi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin