Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə176/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
Bu aslida murabbiyalik edi. Harholda, maktabda muallimalik qilishdan ancha tinch, 
ancha foydali ish bo‘lsa kerak. Lekin, afsuski, men bu ishni azaldan yomon ko‘rar, xiz-
matkorlikday bir narsa deb qarab kelardim. 
Rashidbeyni xafa qilish to‘g‘ri bo‘lmasdi. Ko‘rsatgan ishonchi va marhamati uchun ta-
shakkur bildirdim. Lekin Munisani bahona qilib taklifini qabul etolmasligimni aytdim. Ra-
shidbey esa bu sababni asossiz deb topdi. 
— Uni ham boshimiz ustida ko‘taramiz, qizim. Bir kichkina bola faqirxonamizga qan-
chalik yuk bo‘lardi? — dedi. 
Shunday bo‘lsa ham qat’iy javobimni bermadim. Uch kun muhlat so‘radim. Oxirgi marta 
harakat qilib ko‘raman. Rasmiy joydan ish topsam — yaxshi, topmasam — nachora! 
* * * 
Qar-shiyoqa, 3 ok-tyabr. 
Munisa ikkalamizga ko‘shkning ustki qavatidan qush qafasi singari kichkina, shiringina 
hujra berishdi. Derazasidan dengiz ko‘rinib turadi. 
Yarim kechagacha derazam yonida o‘tirib, buxta bilan dengizni tomosha qildim. Dera-
zadan butun ko‘rfaz ko‘rinib turadi. Ro‘parada Izmir, yulduzlar sochilib yotgan oq bulut 
pag‘alari singari tepalari muhtasham bir illyuminatsiya nurlari ichida porlagan Kordon 
ko‘chasi bilan shu qadar go‘zalki, kishining hushini oladi. 
Ochig‘ini aytsam, ro‘paradagi Qarshiyoqa buxtasi menga hammasidan ham ko‘proq 
yoqdi. U yerda naqadar go‘zal, naqadar jozibali hayot bor. Yarim kechagacha tramvaylar 
qatnaydi, gaz fonarlarning yashil yog‘dularida yoshlar to‘dasi keti uzilmay yuradi. 
Uzoqda dengizga qizil, yashil nurlar sochib turgan kazinoda chalinayotgan gitaralarning 
goh sho‘x, goh mungli sadolari eshitiladi. 
Bilmayman, nega menga bunday tuyular ekan? Men u yerda sayr qilib yurganlarning 
kiyimlaridagi oq yo qora dog‘larnigina ko‘raman. Ularning hammasi bir-birlarini sevuvchi 
nishonlilar bo‘lib tuyuldi. Faqat ulargina emas, balki qorong‘i burchaklarda, dengizda, 
qorlari dangal ko‘rinib turgan qoyalar orasida ham ana shularday oshiq-ma’shuqlar yur-
ganday bo‘ladi. 
Dengizdan kelgan shov-shuv sevishganlar shipshishiday eshitiladi. Kechaning ko‘kra-
gimni to‘ldirgan iliq nafasi — boshlarini yor ko‘ksiga qo‘yib, nigohlarini oshiqlarining tun-
gi dengizlar kabi qoraygan yashil ko‘zlariga tikkan yosh qizlarning haroratli lablaridan 
kelayotganday... 
* * * 
Meni bu chorbog‘da yosh bekaday hurmat bilan kutib olishdi. O‘z yukim hech mahal 
menga og‘irlik qilmagan edi. Shunga qaramay, chamadonimni yuqoriga ko‘tarib 
chiqishimga yo‘l qo‘yishmadi. Uni qari xizmatkor unamaganimga qo‘ymay qo‘limdan oldi. 
Men undan juda minnatdorman. Munisa esa bunday narsalarni tushunishga hali yoshlik 
qiladi. Chorbog‘ hashamati uning ko‘zlarini qamashtirib qo‘ydi. Yuqoriga chiqib ke-
tayotganimizda, Munisa har vaqt uyimizda qilib yuradigan hazilni takrorladi. Zinaning 
yarmiga chiqqanimda, birdan etagimga osildi-yu, pog‘onadan pastga torta boshladi. Men 
darrov qo‘lidan ushlab, qulog‘iga shivirladim: 
— Munisa, biz birovning uyidamiz-a, bolam... Xudo nasib qilsa, o‘zimizning uyimiz 
bo‘lar, unda... 
Kichkinam birdan to‘xtadi, gapimga tushungan edi. Hujraga kirganimizda kulchaday 
chiroyli yuzida sevinchdan asar qolmagan edi. Bolam bechora dardimni juda nozik tu-
shunadi. Bo‘ynimga osildi, har mahalgidan ham qattiqroq bag‘rimga suqildi, yuz-ko‘zla-
rimdan cho‘lp-cho‘lp o‘pdi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin