Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə32/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
metrli zinapoyalari borday... 
Mujgonni ko‘rmaganimga ikki yil bo‘lgan edi. Shu orada o‘sibdi, yetilibdi, gaplashishga 
odamning yuragi betlamaydigan darajada kerik salobatli bo‘lib qolibdi. Shunga qaramay
bir zumda apoq-chapoq bo‘lib ketdik. 
Oysha xolam bilan Mujgonning do‘stlari juda ko‘p. Men ham o‘shalarga qo‘shilib ol-
dim.
Har kun mehmondorchilikka chorboqqa yo boqqa chaqirib ketishardi. Endi katta qiz 
bo‘lib qolganimni, yarashmagan qiliq qilsam, ayb bo‘lishini aytganlari uchun harakatla-
rimga juda ehtiyot bo‘la boshladim. Begona xotinlarga qochiriqlar aytganimda, ularning 
savollariga jiddiy, muloyim javoblar qilganimda o‘zimni mehmon o‘yini o‘ynayotgan 
qo‘g‘irchoqqa o‘xshatardim. Shunday bo‘lsa ham, odamlar orasiga qo‘shilish menda 
g‘urur uyg‘otmay qolmas edi.
Mehmondorchiliklar bahrimni har qancha ochsa ham, lekin ular Mujgon bilan yolg‘iz 
qolgan baxtli damlarim qadar emas edi. 
Pochchamning uyi dengiz bo‘yidagi baland qirlikda. Mujgon opam ba’zi joylari tik de-
vorga o‘xshagan bu qirdan dengiz bo‘yiga tushishimni xavfli hisoblab, avvallari bunga 
yo‘l qo‘ymay keldi. Keyin esa men uchun hech qanday xavf yo‘qligiga o‘zi ham ishondi. 
Soatlar bo‘yi qumda yotar, suv betida tosh yumalatar, dengiz bo‘yida uzoq-uzoqlarga 
ketib qolar edik.
Dengiz bu mavsumda nihoyatda chiroyli, sokin bo‘lsa ham, lekin nash’asiz edi. Ba’zan 
soatlar o‘tardi, lekin sathida na bir yelkan va na nafis tuman parchasi ko‘rinardi. Kechki 
paytlarda dengiz odamning yuragini chiqarib yuboradigan darajada kengayib, sho‘ppayib 
qolardi. Xayriyatki, men bu tahlikani oldindan sezib olar, dengiz bo‘yidagi qoyalarni 
qahqahalarim bilan gurillatar edim. 
Bir kuni Mujgon ikkimiz dengiz bo‘yiga tushdigu, uzoqdagi burunga qarab ketdik. 
Maqsadimiz ana shu burunni hosil qilgan qoyalar orqasidagi pana qo‘ltiqqa borish edi, 
faqat aksiga olib, yo‘l berk chiqib qoldi. Oyoq kiyimlarimizni yechib suvga tushishdan 
boshqa chora yo‘q edi. Meni-ku bu narsa sevintirdi-ya, lekin bo‘yiga yetib, xonimcha 
bo‘lib qolgan Mujgonni nima qilamiz? 
Har qancha aytganimda ham tuflilari bilan paypoqlarini yechmasligini bilganim uchun: 
— Kel, Mujgon opa, seni opichib olay... Ko‘tarib o‘tkazib qo‘yaman, — dedim. 
Mujgon unamadi. 
Jinni qiz, kap-katta odamni qanday olib o‘tasan! — dedi. 
Bechora Mujgon, yoshiga o‘xshash bo‘yi ham menikidan katta bo‘lgani uchun meni 
ko‘tarib o‘tishga kuchi yetmaydi, deb o‘ylagan-da. 
Jadal yaqinlashib: 
— Ko‘ramiz, bu ham bir tajriba-da, ko‘tara olsam marra bizniki, — dedim-u, boldirlari-
dan ushlab dast ko‘tardim. 
Mujgon avval buni bir-ikki odimlik sinov deb o‘yladi, keyin qo‘limdan chiqishga hara-
kat qildi. 
— Jinnilik qilma, qo‘yvor. Meni qanday ko‘tarasan? — deb kuldi. Keyin yalang oyoqla-
rim bilan suv kechib ketganimni ko‘rib, dod solguday bo‘ldi.
— Qushday yengilsan, opa, — dedim. — Tipirchilaydigan bo‘lsang shaloplab yiqilamiz, 
ikkovimizning ham sho‘rimiz quriydi. Tek tursang, eson-omon o‘tib olamiz. 
Bechora qizning rangi o‘chib ketdi. Churq etguday bo‘lsa posongisini yo‘qotib qo‘yish-
dan qo‘rqib, og‘zini, ko‘zlarini yumib, qo‘llari bilan sochlarimga yopishib oldi. 
Bechora Mujgon bir qarichlik suvda, xuddi jar yoqasidan o‘tayotganday ko‘zlarini 
yumib, quchog‘imda qimirlashga yuragi betlamay borardi. 
Burunga yetganda nimalarni ko‘rdik deng? Suvdan tortib qo‘yilgan bir qayiqcha yoni-


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin