www.ziyouz.com kutubxonasi
126
ni to‘sdi.
— To‘xta, xonim. Bey afandi nafaslarini o‘nglab olsin. Nimaga shoshasan? Onangning
qornida qanday qilib to‘qqiz oy kutding-a! — deb meni koyib berdi.
Bunday muomalalarga sekin-asta o‘rganib qolgan edim, shuning uchun xafa bo‘lma-
dim. Hatto, aksincha, yumshoq bir tovush bilan iltimos qildim:
— Aylanay otajon, bey afandi qahvasini ichib bo‘lganlaridan so‘ng xabar qilsangiz,
kutgan muallimangiz kelibdi, desangiz.
Maorif mudiri meni kutayotgani yo‘q edi. Lekin shunday desam, xizmatkor jonbozlik
ko‘rsatarmikan, deb o‘yladim. Nachora, bu xil nayranglarni o‘rganmasangiz bo‘lmaydi.
Qari xizmatkor uch-to‘rt minutdan so‘ng yana kabinetdan chiqdi. Qora chodram ichi-
da meni payqamadi shekilli, o‘zicha g‘uldiray boshladi:
— Qaerga ketdi u xotin? Tavba, odamning ikki oyog‘ini bir etikka tiqib qo‘yib, o‘zi yo‘q
bo‘lib ketganini!
— Xafa bo‘lmang, ota, shu yerdaman.
— Yur, kira qol, sening ham hojating chiqsin.
Mudir lablarining uchida katakon sigara bilan o‘z o‘rnida boshyalang o‘tirar, burchak-
dagi kursiga cho‘kib olgan keksaroq kishiga mitti gavdasidan kutilmagan yo‘g‘on, dadil
tovush bilan allanarsalar so‘zlar edi:
— Afandim, bu qanday joy, qanday yer-a! Dunyo-dunyo isrofgarchiliklarni qilishadi-
yu, o‘zlariga mundog‘ nomlari yozilgan tashrifnoma bostirib olishmaydi! Sakson kishi siz-
ni ko‘rmoqchi ekanligini eshikda turib xizmatkordan ayttirishadi. Xizmatkor bo‘lsa ismlar-
ni to‘g‘ri aytolmaydi, chuvalashtirib yuboradi. Men idorada telba Petro qoidasini joriy
etishga tarafdorman. Xizmatchilarni faqat rasmiy hayotlaridagina emas, shaxsiy hayotla-
rida ham tekshirib turish kerak. Yegan-ichgan narsalariga, o‘tirgan-borgan yerlariga,
kiygan kiyimlariga aralashmasdan bo‘lmaydi. Mudirlik vazifasiga kelishim bilanoq mak-
tablarga buyruq tarqatdim. “Kamida ikki kunda amalga oshirmasdan dazmolsiz shim,
yoqasiz ko‘ylak kiyib keladigan o‘qituvchilar bo‘lsa, darhol ishdan quvilsin”, deb buyur-
dim. Kecha maktablardan birini tekshirgani bordim. Eshik oldida bir o‘qituvchiga duch
kelib qolsam bo‘ladimi! Tanimasdan: “Bor, o‘qituvchiga ayt, maorif mudiri keldi”, — de-
dim. Lekin u:
— Afandim, o‘qituvchi kaminalari bo‘ladi, — deb javob berdi.
— Yo‘q, sen maktab xizmatkori bo‘lishing kerak. Chunki o‘qituvchining kepatasi bu-
naqa bo‘lmaydi. Shunaqa rasvo kiyingan o‘qituvchini ko‘rsam, qo‘lidan yetaklab ko‘cha-
ga chiqarib tashlayman, — dedim.
U toshday qotdi-qoldi. Orqamga qaramay ichkari kirdim. Yana ertaga maktabiga bora-
man. Agar uni yana o‘sha kepatada ko‘rsam, ishdan bo‘shataman.
Arzimni aytish uchun mudirning so‘zi tugashini kutardim. Lekin unda gapini tugatish
ishtiyoqi ko‘rinmasdi. Aksincha, dam sayin o‘t olib, asab torlarini cho‘zib bordi.
— Shunaqa, afandim, maktablarga: “Muallima va muallimlar mutlaqo o‘zlariga tashrif-
noma bostirishsin. Busiz qilinadigan murojaatlar qabul etilmaydi”, deb buyruq berdim.
Lekin tushunishmaydi!
Mudir birdan menga qo‘pol qilib qaradi.
— Aminmanki, muallima xonim ham buyruqni olgan bo‘lishlari kerak. Yana shunga
qaramay, tashrifnomasiz murojaat etmoqdalar. Yana xizmatkor og‘zida: “Siz bir xonimni
chaqirgan ekansiz, kelibdi” taronasi! Kim? Qanaqa xonim? Sariq etik kiygan Mehmet
og‘a, deganday.
Hayratdan qotib qoldim. Demak, butun bu so‘zlar, bu jahllar men uchun ekan. Tash-
rifnomasiz ichkari kirmoqchi bo‘lganim uchun!
— Men bu xil buyruq olganim yo‘q, afandim, — dedim zo‘rg‘a.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Yüklə Dostları ilə paylaş: |