Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə128/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
o‘zicha: 
— Bu bir masal: dinsizning ta’zirini imonsiz beradi, — deb g‘uldirar edi. 
Sarkotib oyoqlari bilan soqoli ham titrab kirib keldi. Boshini o‘girmay yoniga qarab ol-
gan qiz singari, bir ko‘zining qiri bilan kotiblarga razm soldi. Ular shu qadar jim, shu 
qadar halim ishlab o‘tirishar ediki, sarkotib xotirjam bo‘lib, g‘udrana-g‘udrana o‘rniga ke-
lib o‘tirdi. 
Lekin o‘zini hech bosolmas edi. Bir necha marta uh tortib, xo‘rsinib olgandan keyin se-
kin-sekin so‘zlay boshladi: 
— Ellik yoshga kirgan, allaqancha idoralarda ishlagan bir kishining aqli shu narsalarga 
yetmasa-ya! O‘zi ertaga daf bo‘lar-ketar, keyin danak bizning boshimizda chaqiladi. Bor-
di-yu, ko‘z og‘rig‘iday revizor kelib qoldi! Ishlarni ipidan-inasigacha tekshirib: “Hoy, kal-
lavaramlar, nima balo, yelkalaringizdagi eshak boshimi? Bu ikki yuz ellik qurushning ne-
ga hujjati yo‘q? Bu rasvogarchilikni nega ko‘rmadinglar?” deb qoladi. Unda nima bo‘ladi? 
Revizor hammamizni sudga bersa haqli. Davlat xazinasi bilan o‘ynashib bo‘larmishmi! 
Agar buni yashirib ketsak, xudo haqqi, yuz yildan keyin ham bu pulni avlodu ajdodimiz-
dan undirib olishadi. 
Kotiblar boshlarini daftardan ko‘tarishib, bu dono gaplarni hurmat bilan tinglab o‘tiri-
shar edi. 
Sarkotib vaziyatni ancha tuzuk hisoblab: 
— Eshitdinglarmi, ishyoqmasning noma’qul gaplarini? — deb so‘radi. 
Qori ajablanib bosh ko‘tadi. 
— Yo‘g‘-e, darvoqe, bir ovoz eshitganday bo‘ldik, sizga oidmidi? 
— Qisman menga. Qornini yorsa alif chiqmaydi-yu... 
— Xafa bo‘lmang, sarkotib afandi. U kishi hisob-kitobdan bexabarlar. Janoblari 
bo‘lmasa, uch kunda bu idora ostin-ustin bo‘lib ketadi. 
Bu so‘zlarni qori so‘zlardi. Boyagina sarkotib uchragan haqoratlardan yosh boladay 
suyungan qori afandi! Yo rabbiy, bular qanaqa odamlar o‘zi! 
Shu bilan birga sallali kotibning taxmini anchagina to‘g‘ri chiqdi. Sarkotib boshidan 
o‘tgan bo‘rondan ke- yin xiyla yumshalgan, og‘irlashgan ko‘rinardi. 
Bir sigara tutatib, tutunlarini ikki tomonga pufladi-da: 
— Satqayi odam ket. Bu davlatga xizmat qilgan qaysi bir odamdan kimning ko‘ngli 
shod bo‘libdi! — dedi. Keyin, meni ortiq ovora qilmay, qog‘ozlarni tezgina qabul qilib ol-
di. 
Bir ozdan so‘ng o‘z ishim masalasida yana maorif mudirining huzuriga kirdim; char-
chaganimdan tizzalarim titrar, ko‘zlarim tinar edi. 
Mudir endi boshqa masala bilan ovora edi. O‘kirib-o‘shqirib xizmatkorlarga kabineti-
ning changini arttirar, devordagi suratlarning o‘rinlarini o‘zgartirar, ora-sira kichkina oy-
naga o‘zini solib, sochlarini, galstugini tuzatar edi. 
Hamon boyagi burchakda o‘tirgan keksa afandi bilan o‘rtalarida bo‘lib turgan gaplar-
dan bu tayyorgarlikning sababini bilib oldim. B...ga Per For degan bir frantsuz gazetachi-
si kelibdi. Maorif mudiri kecha viloyat hokimi bergan ziyofatdan ana shu muharrir va 
uning rafiqasi bilan tanishibdi. Per For juda ajoyib odam emish. Gazetasida “Yashil B...da 
bir necha kun” degan sarlavha bilan qator maqolalar bermoqchi emish. 
Mudir hayajonlanib hikoya qilardi: 
— Er-xotin bugun soat uchda ziyorat qilgani kelamiz, deb va’da etishdi. Ularga mak-
tablarimizdan bir-ikkitasini ko‘rsataman. Garchi yevropaliklarga ko‘krak kerib ko‘rsatguli 
maktablarimiz bo‘lmasa hamki, qittay siyosat ishlatamiz. Harholda, foydamizga bitta 
maqola bo‘ladi, deb umidvorman. Xayriyatki, men shu yerdaman, yo‘qsa bu ziyorat 
mendan avvalgi mudir vaqtiga to‘g‘ri kelsami, yevropalik oldida toza rasvo bo‘lardik. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin