Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə137/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
naqadar shirin edi. Bu halim, shirin ovozda bilinar-bilinmas bir shikoyat ohangi bor edi. 
Bu — kasal bolalarning ovozida bo‘ladigan ezgin, g‘amgin shikoyatning o‘zginasi edi. 
O‘zini o‘rab olgan o‘qituvchilarga hech tinib bitmagan yomg‘irdan shikoyat qilar, ochiq 
havolarni sabrsizlik bilan kutayotganligini aytar edi. Shunda bir zumgina ko‘zlarimiz bir-
biriga to‘qnashdi. Qorong‘i burchakda turganim uchun meni durustroq ko‘rish niyatida 
ko‘zlarini xiyol qisib qaradi. Keyin: 
— Kim bu kichik xonim, tolibalarimizdan emasmi?— deb so‘radi. 
O‘qituvchilarning hammasi birdan men tomonga qarashdi. Vasfiya xonim esa kulib tu-
rib: 
— Kechiring, bey afandi, tanishtirish esimizdan chiqibdi. Yangi frantsuz tili o‘qituvchi-
miz Farida xonim, — dedi. 
Turgan yerimdan boshimni egib salom berdim. 
— Buyuk bastakorimiz bilan tanishganim uchun juda mamnunman, afandim, — de-
dim. San’atkorlar bunday gaplarga juda moyil bo‘lishadi. Shayx Yusuf afandining oqish 
chehrasida zaif bir qizillik paydo bo‘ldi. Qo‘llarini qovushtirib, bo‘ynini egdi. 
— Kaminangiz bastakor martabasiga loyiq bo‘ladigan biron asar yaratganiga imoni ko-
mil emas. Agar ba’zi bir mayda narsalarim maqtovga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bu Hamid 
va Fitrat kabi ba’zi buyuk shoirlardagi ilohiy g‘ussani samimiy bir ovoz bilan ifoda etish-
dan iboratdir, — dedi. 
Qisqasi, bu Yusuf afandini o‘z akamdek yaxshi ko‘rib qoldim. 
* * * 
B..., 7 ap-rel. 
Mening eng katta orzularimdan biri ushaldi. Kecha bir kichkina, chiroyli, toza uyga 
ko‘chib kirdik. Xudo xayrini bersin, buni menga Hoji xalfa topib berdi. Yonida bog‘chasi 
bor bu uch xonali kichkina, shiringina uy Hoji xalfanikidan atigi ikki-uch minutlik masofa-
da. Hammasidan ham yaxshisi shu bo‘ldiki, bu uyni ichidagi ashyosi bilan ijaraga berdi-
lar. 
Kecha Munisa ikkimizning suyunchimiz ichimizga sig‘may ketdi. Uyni tozalab, narsa-
larni joy-joyiga qo‘yishimiz kerak edi. Qayoqda! Kulishdan, bir-birimizni quvishdan
o‘ynoqlash, quvonishdan boshqa narsaga qo‘limiz tegmadi... Bechora Munisa ko‘zlariga 
ishonmay, o‘zini saroyga kirib qolgandek his etardi. Faqat Mazlum (cho‘pon Mehmet biz-
ga hadya qilgan uloqning otini Mazlum qo‘ydik) bizni yomon qo‘rqitib bordi. Bu yaramas 
ochiq qolgan oshxona eshigidan bog‘chaga, u yerdan xuddi tagi minoradek tik jarlikka 
qarab chopib ketdi. Xudo bir saqladi, yana bir qadam bossa to‘g‘ri jarga qulab ketardi. 
Lekin bu shayton maxluqlar oyoqlarini qaerga qo‘yishni mendan yaxshiroq bilishadi. 
Harholda, uni tutib ichkariga olib kirguncha, yuraklarimiz yorilgandan battar bo‘ldi. 
Ha, uyimizdan nihoyatda xursandmiz. Munisa sahndagi moviy kafellar ustida yugura-
di, sirg‘anadi, devordagi gul rasmlarini qo‘llari bilan siypab quvonadi. 
Faqat kechqurunlari, qosh qoraya boshlaganda bir oz o‘ksib qolamiz. Qo‘shnilarnikiga 
qo‘llarida tuguncha bilan otalari, aka-ukalari kelishadi. Bizning uyimizni esa bu soatlarda 
hech kim yo‘qlamaydi. Bir umr shunday bo‘lib qoladi. 
Bu yurtning bahori shunday ajoyib bo‘lar ekanki... Hammayoq ko‘m-ko‘k bo‘lib ketdi. 
Bog‘chamda rang-barang gullar ochildi, xonamning derazalariga chirmovuqlar chirmasha 
boshladi. Bog‘chamizning etagidagi tik jarlik yashil shonalarga o‘xshab qoldi. Bu yashil-
liklar ichida lolalar yangi yaralardek qip-qizil bo‘lib ochiladi. Butun bo‘sh kunlarimni 
bog‘chada Munisa bilan bekinmachoq o‘ynash, arqonda sakrash bilan o‘tkazamiz. Char-
chagan kezlarimizda men rasm solishga o‘tiraman, Munisa esa ulog‘i bilan chaman ichida 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin