Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə143/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Bugungi maktab bayramiga ko‘ngli qo‘msab kelibdi. 
Muallimalarimiz Shayx Yusuf afandini bir amallab erkaklar oldidan chaqirib olishdi. 
Sakkiz-o‘n ayol bir bo‘lib, o‘zimizni hech kimga ko‘rsatmaslikka tirishib, soy bo‘yidagi 
so‘qmoq yo‘l bilan yurib ketdik. Shayx afandining bugun kayfi yaxshi, bahri ochiq edi. 
Yo‘l uzoqlashgan sari uning charchab qolishidan qo‘rqqanlarga kulib: 
— Menga qolsa so‘qmoq hech tugamasin, charchamay keta beraman. Bugun o‘zimni 
juda dadil, baquvvat his qilyapman, — dedi. 
Dugonalarimdan biri qulog‘imga yaqin kelib erkak muallimlardan ba’zilari xilvatda
aroq ichishganlarini, Shayx afandiga ham bir necha qadah berishganini aytdi. Yusuf 
afandining kayfi chog‘ligi balki shu sababdandir. 
Soy bo‘yidagi so‘qmoq bilan o‘n besh minutcha yurganimizdan keyin bir vayrona te-
girmon yonidan chiqdik. “Shalola” deb atalgan shu yerda tog‘ oralig‘i birdan torayar, mi-
soli bo‘g‘oz vujudga kelardi. Soy bo‘yidagi qoyalar shu qadar baland ediki, pastga 
quyosh tushmas, suvlar go‘yo shafaq aksida oqayotgandek tuyulardi. 
Ovozimizni bu yerdan hech kim eshita olmas edi. Shayx Yusuf afandini qalin yaproqli 
bir yong‘oq daraxtining tagiga keltirib o‘tqazishdi, qo‘liga tanbur tutqazishdi. 
Men anchagina narida suvlarni ko‘pirtirib oqayotgan qoya ostidagi soyga tikilib qol-
dim. Lekin dugonalarim yana meni o‘z holimga qo‘yishmadi. 
— Yo‘q, yo‘q, bu yoqqa kel, kelmasang bo‘lmaydi! — deb meni bastakorning ro‘para-
siga o‘tqazib qo‘yishdi. 
Tanbur nolasi boshlandi. Bu musiqa bir umr esimdan chiqmaydi! Dugonalarim ko‘kat-
lar ustida yarim-yorti cho‘zilishib yotishar edilar. Hatto eng bag‘ritosh ko‘ringanlarning 
lablari yig‘lab yuboradigandek titrar, ko‘zlarida yosh paydo bo‘lardi. 
Jigarrang sochlarini yelkalarimga to‘kib o‘tirgan Vasfiyaning qulog‘iga: 
— Men Shayx Yusuf afandining ijrosini birinchi marta maktabda eshitgan edim. Juda 
yaxshi chalgan edi, lekin bunchalik emas, — dedim. 
Vasfiya suzuk ko‘zlari bilan ma’noli qilib kulimsiragandan keyin: 
— Ha, Yusuf afandi umrida hech mahal shu bugungidek baxtiyor, ayni zamonda baxt-
siz bo‘lgan emas, — dedi. Men: 
— Nega? — deb so‘radim. 
U yuzimga diqqat bilan qaradi. Keyin boshini yana yelkamga qo‘yib: 
— Jim, eshitaylik, — dedi. 
Bugun Shayx Yusuf afandi faqat eski sharqilarni chalar, kuylardi. Bulardan hech birini 
shu mahalga qadar eshitmagan edim. Har ashulaning oxirida hozir tamom bo‘lib qoladi, 
deb yuragim o‘ynardi. Lekin ko‘zlari yarim yumuq, sekin-sekin qoni qochib borayotgan 
chakkalari mayda terlar bilan iviq bir holda u bir ashuladan keyin yana birini boshlar edi. 
Ko‘zlarimni yarim yumuq ko‘zlardan ayira olmas edim. Bir mahal so‘lg‘in yonoqlariga 
bir necha tomchi yosh to‘kilganini ko‘rdim. Birdan yuragim o‘ynab ketdi. Bir bechora xa-
stani shunchalik charchatish gunoh edi. Chidab tura olmadim, qo‘shiqlardan birini tugat-
ganda: 
— Bir oz dam olmaysizmi? Tobingiz qochganga o‘xshaydi. Nima bo‘ldi? — dedim. 
Shayx Yusuf afandi javob bermadi. Ho‘l kipriklari orasida bolalarcha mas’um ko‘zlari 
bilan menga suzilib qaradi. Keyin boshini yana tanburga egib, yangi qo‘shiqni boshladi: 
“Bag‘rim o‘ti, och-tir-ma me-ning og‘zim-ni zinhor, 
Zo-lim, me-ni so‘ylat-ma-ki, qal-bim-da ne-lar bor!” 
Yusuf afandi sharqini tugatgandan so‘ng, boshi tanbur ustiga tushdi. Bechora hushi-
dan ketgan ekan. Hamma shoshib qoldi. Men: 
— Biz sabab bo‘ldik, bunchalik charchatmaslik kerak edi! — dedim. 
Ro‘molchamni ho‘llab kelish uchun toshdan-toshga sakrab soyga tushdim. Bu yengil 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin