Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə151/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
ketdi. 
Lekin hammadan ham itlar menga yoqdi. Bu mug‘ambir jonivorlar ziyofatning hidini 
bilib, tugunlar, savatlar va boshqa narsalar bilan yo‘lga chiqqan odamlar orqasidan gala-
lashib ergashib ketishdi. 
Munisani qo‘shnilarimizdan polk imomi Hofiz Qurbon afandining xotini bilan qo‘shib 
yubordim. U mensiz bormasligini aytib injiqlik qilgan edi, boshimni ro‘mol bilan bog‘lab 
olib: 
— Bir oz tobim qochib turibdi, tuzuk bo‘lsam orqangdan boraman, — dedim. 
Ularni tobim qochib turibdi, deb aldagan bo‘lsam ham, bugun, aksincha, tobim ham, 
kayfim ham juda yaxshi. Borishni xohlamaganimga kelsak, bunday o‘yin-kulgilar ortiq 
yuragimga sig‘may qolgan edi. 
Uyda yolg‘iz qoldim deguncha, boshimdagi durrani olib tashladim-da, past ovoz bilan 
kuylab, hushtak chalib yurib uy ishlarini qila boshladim. Maktabda kun bo‘yi erkaklarcha 
mehnat qilganimdan keyin uyda ora-sira ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanishdan shu qadar 
lazzatlanardimki... 
Uy ishlarini bitirganimdan so‘ng navbat qushlarga keldi. Qushlarning qafaslarini toza-
ladim, suvlarini yangiladim, keyin oftob ko‘rishsin deb qafaslarini boqqa olib chiqdim. 
Hozir rosa yarim dyujina qushimiz bor. Bu yoqqa kelishda Mazlumni Hoji xalfaning o‘g‘li-
ga qoldirishdan boshqa chora topolmagan edik. Munisa juda xafa bo‘ldi, uloqchasidan 
ayrilgani uchun yig‘ladi. Qizginam ichikmasin deb shu qushlarni olib berdim. Keyin bular 
o‘zimga ham ermak bo‘ldi. Faqat qo‘shnimizning malla mushugidan qanotli do‘stlarimiz-
ga hech kun yo‘q. Qafaslarni boqqa chiqardimmi — bo‘ldi, ro‘paralariga kelib o‘tirib oladi. 
Munday qaraganda, o‘zi beozor, muloyimgina mushuk. Yashil ko‘zlarini xiyol ochib qush-
larga mahliyo bo‘lib qaraydi, ba’zan iyaklarini titratib miyovlab ham qo‘yadi. Ko‘rgan ki-
shi uni qushlar bilan gaplashyaptimi, deydi. 
Bugun nima qilarkan, deb qushlardan bittasini qafasdan chiqardim-u, mushukning 
tumshug‘iga yaqin keltirib tutdim. Ustidan qattiq shamol esib o‘tgandek, zolimning tuk-
lari hurpaydi, yashil ko‘zlarida uchqunlar porladi, yumshoq panjalari ichidan tirnoqlari 
chiqdi. U qushga tashlanishga shaylanib turardi. 
Bechora qushcha changalimda qanotlarini, bo‘ynini qisib shunchalar titradiki!.. 
Bo‘sh qo‘lim bilan mushukni bo‘ynidan changalladim-da: 
— Bu xoin yashil ko‘zlaringning shiringina mudrab turganini ko‘rgan kishi seni osmon-
dagi malaklarni xayol qilyapti deb o‘ylaydi, — dedim. — Holbuki, sening darding mana 
shu bechorani tilka-pora qilish, shunday emasmi? Qarab tur, men sendan qanday ajoyib 
qasos olaman! 
Narigi panjamni ochdim. Bechora qushcha birdan silkindi, lekin, ozod bo‘lganiga 
ishonmayotganday, to‘xtab qoldi. Bir ozdan keyin ingichka bir tovush bilan chirqillab 
uchib ketdi. Men mushukning qushga hayrat va alam bilan tikilib qolgan yashil ko‘zlarini 
yuzimga yaqin keltirib, qahqaha urib kuldim. 
— Xo‘sh, sariq iblis, qushchani parchaladingmi? — deb mazax qildim. 
Ko‘nglimda chuqur bir quvonch uyg‘ondi. Faqat bu sariq mushukdangina emas, balki 
bechora kichkina qushchalarga kun bermaydigan hamma sariq maxluqlardan ham o‘ch 
olganday quvonardim. 
Lekin kayfimni narigi qushlarning zoru afg‘oni buzib qo‘ydi. Bu haqiqatan zoru afg‘on-
midi — bilmayman, ammo menga u bechoralar: “Nega bizni ham dugonamiz singari 
baxtli qilmaysan?” deyishayotganday tuyuldi. 
Ko‘nglimning doimo bo‘ysunilishi kerak bo‘lgan xohishi, buyrug‘i bilan qafaslar yoniga 
bordim. Shu borishimda hammasini ozod qilishim muqarrar edi. Lekin birdan Munisa 
esimga tushdi. Betimni qafaslardan birining simiga qo‘yib: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin